Breaking News

AQSh va Falastin o'rtasida aloqalar uzilishi mumkin


Falastin Ozodlik tashkilotining Vashingtondagi idorasi

Tramp ma'muriyati Falastinning Vashingtondagi diplomatik vakolatxonasini yopsa, falastinliklar AQSh bilan barcha aloqalarni uzmoqchi. Falastin ma'muriyati 18-noyabr kuni shu haqda ma'lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqda e'lon qilingan video murojaatda Falastin muzokarachisi Saib Erekat Vashingtonni Isroildan bo'layotgan bosimga bosh egayotganlikda aybladi. Unga ko'ra, Falastin Ozodlik tashkiloti falastinliklarga qarshi jinoyatlari uchun Isroil ustidan Xalqaro Jinoiy sudga shikoyat qilgandan so'ng shunday bo'lgan.

"Bu juda afsuslanarli, qabul qilib bo'lmas holat. Biz hamkorlik qilishga, yakuniy bitimga erishishga urinayotgan bir paytimizda Netanyaxu hukumati bu ma'muriyatga bosim o'tkazyapti. Bunday qadam butun tinchlik jarayoniga putur yetkazadi", - dedi Erekat.

Tramp ma'muriyati bu bayonotga hali munosabat bildirgani yo'q. Netanyaxu hukumati esa Falastinga qarashli idoraning yopilishini "AQSh qonuniga aloqador masala" deb izohladi.

Erekat bayonoti chiqishidan oldin AQSh rasmiylari ushbu chora falastinliklarga bosim o'tkazish uchun emas, balki AQSh qonunlarida belgilangan tartib asosida amalga oshirilayotganini aytgan edi.

AQSh Davlat departamenti Falastin Ozodlik tashkiloti idorasining ishlashiga ruxsat berish masalasini har olti oyda ko'rib chiqadi. So'nggi ruxsatnomaning amal qilish muhlati shu oy nihoyasiga yetdi.

Tramp 90 kun ichida bir qarorga kelishi kerak. Buning uchun tashkilotning Isroil bilan to'g'ridan to'g'ri va aniq maqsadlar asosida muzokaralar olib borgani ko'rib chiqiladi.

Davlat kotibi Reks Tillersonning aytishicha, Falastin Ozodlik tashkiloti Xalqaro jinoiy sudda Isroilga qarshi ish ochib, o'zining yopilishiga sabab bo'luvchi AQSh qonuni bandlarini buzgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG