AQSh-Janubiy Koreya-Yaponiya: Pxenyanga qarshi yangi sanksiya

  • Amerika Ovozi

4-iyul, Pxenyan

Qo'shma Shtatlar, Janubiy Koreya va Yaponiya BMTni yaqinda interkontinental ballistik raketalarni sinab ko'rgan Shimoliy Koreyani qattiq jazolashga undamoqda.

Bu davlatlarning rahbarlari bugun Gamburdga Katta Yigirmalik sammitida muloqot qilib, Pxenyanni ogohlantirgan. Ular nazarida Shimoliy Koreya allaqachon quyushqondan chiqib ketgan va qurollanishni to'xtatmasa, keskin chora ko'rish kerak.

AQShning BMTdagi elchisi Nikki Heyli deydiki, Pxenyanni neft va energetika ta'minotidan ayirish kerak. Bu mamlakatga havo va suv yo'llarini to'sish lozim.
Vashington, shuningdek, Shimoliy Koreyaga yordam berayotgan davlatlar bilan savdoni ham kesishga tayyor.

Pxenyanning yangi raketasi 5500 km masofaga yeta oladi, bu degani u bilan Amerikani nishonga olish mumkin, deydi Pentagon rasmiylari.

Prezident Donald Tramp bu davlatga qarshi eng og'ir choralarni ham ko'rib chiqayotganini aytgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG