Amerikada bugun o'zbekistonlik muhojirlar ko'p. 90-yillar boshidan ular soni orta boshlagan. Avvaliga faqat tadbirkorlar, talabalar kelgan. Buxoro yahudiylari ham ko'pchilikni tashkil etgan. Chunki ular maxsus viza bilan AQShga kelish imkoniyatiga ega bo'lgan.

Shuningdek, “Umid” jamg’armasi grant dasturlari orqali dunyoga chiqqan yoshlarning bir guruhi Amerikada tahsil olgan. 2005-yildan keyin "grin karta”chilar ko’paya boshladi. Ularning ketidan qarindoshlar, mehmonlar kela boshladi.

Bu sehrli diyordagi hayot, daromad kelganlarning deyarli barchasini o’ziga tortadi. Sayyoh sifatida vaqtinchalik viza bilan kelib, qolib ketganlar ham ko'p. Yoki o'qishga kelib viza muddatini o'tkazib yuborganlar ham bor. Vizasiz yoki hujjatsiz yashaydiganlarni bu yerda noqununiy muhojirlar deb atashadi. Ular orasida o'zbekistonliklar ham oz emas.

Ana shunday insonlardan birini suhbatga tortdik. O'n yillardan oshiqroq shu zaminda nasibasini terib yurgan hamyurtimizdan birining kechinmalari, yaxshi-yomon kunlari va hayotiy kuzatuvlari haqida so'radik. Suhbatdoshimizni, uning iltimosiga ko'ra, Rustam deb atadik. Suhbatni quyida tinglang.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG