O'zbekiston: Muammoga qarshi kurash uni ochiq tan olishdan boshlanadi


“Paxta kampaniyasi”(Cotton Campaign) - mahalliy va xorijiy mutaxassislar, inson huquqlari tashkilotlari, kasaba uyushmalari, sarmoyadorlar va bizneslardan tashkil topgan xalqaro koalitsiya - O’zbekistonda majburiy mehnatga chek qo’yish, xususan paxta sohasida bolalar va kattalarni ekspluatatsiya qilishga barham berishni maqsad qilgan.

Ochiq jamiyat jamg’armasi homiyligidagi ittifoq nazarida o’tgan yillar ichida respublikada bu muammoga qarshi bir necha qadamlar tashlandi, jumladan bolalar mehnati taqiqlandi. Biroq katta yoshdagilar terimga hamon majburan jalb etiladi.

AQSh va Yevropa Ittifoqi O’zbekiston paxtasi ekspluatatsiya evaziga yetishtiriladi deya tanqid qilib keladi. Vashington respublikani bu boradagi maxsus qora ro’yxatga qo’shgan. Biroq unga nisbatan biror jazo chorasi ko’rishni ma’qul topmagan. Inson huquqlari tashkilotlariga ko’ra esa siyosiy bosimsiz bu muammoni hal etish mumkin emas.

Yaqinda Vashingtonda “Paxta kampaniyasi” o’zining yillik anjumaniga yig’ilganida unda o’zbekistonlik faollar ham ishtirok etdi. Dmitriy Tixonov Toshkent viloyatidagi vaziyatni kuzatib, yoritib keladi. Huquq himoyachisi sifatida tanilgan, shuningdek, mustaqil jurnalist, maqolalari ko’plab nashrlarda chop etilgan.

“Paxta sohasida hech kim majburan ishlatilmaydi deyish haqiqatga ko’z yumish bo’ladi"m - deydi Tixonov.

"Sizni hech kim biror ishni qilishga majburlamasligi kerak. Majburlashsa, demak, bu majburiy mehnat. Paxta teradiganlarning ko’pi O’zbekistonda bu sohaga umuman aloqasi yo’q odamlar”.

BMT qoshidagi Xalqaro mehnat tashkiloti bugun Toshkentda o’z vakolatxonasiga ega. 2013-yilda paxtazorlarda bolalar qanchalik ishlatilganini tekshirib hisobot bergan.

Dmitriy Tixonov fikricha bu organ hozircha biror narsani epladi deyish qiyin. Mahalliy faollar bilan ham yaqindan hamkorlik qilayotgani yo’q, biroq shunday umid bor, deydi u.

“Bilasizmi, paxta yoki boshqa biror sohada hech kim ekspluatatsiya qilinmaydi deyish O’zbekiston misolida vijdonsizlik va uquvsizlik bo’ladi, chunki xalqaro qonunlarda ham, milliy qonunchilikda ham, shuningdek, O’zbekiston a’zo Xalqaro mehnat tashkiloti hujjatlarida ham majburiy mehnat nima ekani aniq tushuntirilgan. O’zbekistonda tuzum shunday yo’lga qo’yilganki, aholini bu hashar yoki ommaviy yordam deb aldashga urinishadi. Aslida bunday emas. Kimdir o’zi xohlab terayotgan bo’lishi mumkin lekin har kuz yuz minglab odam zo’rlab olib chiqiladi. Bu muammoni hal etish uchun uni avvalo tan olish kerak, keyin esa tub islohotlar boshlash kerak”,- deydi u.

Qonun qabul qilish masala hal etildi degani emas. Uni amalga oshirish kerak, hamma unga bosh egishi kerak, deydi Dmitriy Tixonov.

Huquq himoyachisi nazarida O’zbekistonda majburiy mehnat masalasi yetarlicha yoritilmaydi. Yosh avlodga bu borada ko’proq ilm berish kerak.

Gap shundaki, deydi u, ekspluatatsiya nima ekani oydinlashsa, nafaqat paxta sohasida balki boshqa yo’nalishlarda ham odamlar majburiy mehnatga jalb etilishi ayon bo’ladi.

“Tashqi dunyo yordam berishi mumkin albatta, lekin muammo yechimi O’zbekistonning o’zida, chunki bu bizning muammomiz. Shuning uchun ham hukumat va omma haqiqatni tan ola bilishi kerak, deyapman. “Paxta koalitsiyasi”, nazarimda, konstruktiv rol o’ynamoqda, chunki unga kirgan tashkilot va bizneslar bir narsada yakdil: O’zbekistonda paxtani odamlarni majburan ishlatmay ham yetishrish, terib olish mumkin. Qishloq xo’jaligini isloh qilish kerak. Bu borada yordam kerak bo’lsa, demak, Amerika singari davlatlar madad ko’rsata oladi. O’zgarish qilish vaqt oladi, biz hamma narsa hoziroq o’zgarsin demayapmiz. Astalik bilan albatta, lekin bu muammoni inkor etish vaqti o’tdi”,- deydi Tixonov.

O'zbekiston paxtazorlarida bolalar kamroq ishlatilayotgani tashqi dunyo ta'siri natijasi, deydi huquq himoyachisi, biroq bu sohada ulkan burilishlar bo'lishi uchun oq oltindan mo'may foyda oladigan elitaga bosim qo'yish kerak. Paxtadan tushgan daromad huzurini ko'radigan kichik bir doira bor, ular nishonga olinmas ekan, sistema o'zgarmaydi, deydi Dmitriy Tixonov.

Bir paytning o’zida huquq faoli va jurnalist bo’lish qiyin emasmi? Umuman, bu mumkinmi, chunki jurnalist uchun xolislik eng muhim talab-ku?

Dmitriy Tixonov deydiki, jamiyatda shunday muammolar borki, ularni yoritish kuchli huquqiy bilim va jasorat talab qiladi. Adolat tarafida turishingiz shart. Shu jarayonda inson huquqi faoli sifatida tanilsa, nimasi yomon?

“Axborot yig’ish izchil izlanish talab qiladi, men shu paytgacha ishimni eplab kelayapman”,- deydi u.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America and a leading Washington-based authority on geopolitics and national development in Central Asia. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for over 15 years on TV, radio and online. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented nearly 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She is frequently asked to speak on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences, including the U.S. Foreign Service Institute, Princeton University, Columbia University, Johns Hopkins University, Georgetown University, George Washington University, Michigan State University, the University of Wisconsin, Northeastern University, and her alma mater Harvard University. Her essays on the region have been published in journals and edited volumes, including Central Eurasian Studies Review and Demokratizatsiya: The Journal of Post-Soviet Democratization.

    She began her career at the Uzbek state broadcaster. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from Maharaja’s College at the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University.

XS
SM
MD
LG