Breaking News

O'zbekiston qochqinlarga yordam berayapti, ammo mamlakatda huquq ahvoli hamon og'ir


O’zbekiston hukumati qanchalik rad etmasin, respublikada huquq masalasi og’irlicha qolmoqda.

Erkinlik darajasini o’rganuvchi tashkilotlar, xususan Freedom House (Ozodlik Uyi) O’zbekistonni eng zolim tuzumlar – Zimbabve, Shimoliy Koreya, Kuba, Sudan, Somali, Suriya va Chad singari davlatlar qatoriga qo’shadi.

AQSh Kongressining yuqori palatasi Senatda bo’lib o’tgan yig’inda yana shu masala ko’tarildi. Amerikalik arboblar O’zbekistondagi faollar bilan bog’lanib, mamlakatdagi vaziyat haqida so’radi.

O’zbekiston rahbariyati anchadan beri xalqaro maydonda, ayniqsa, G’arbda iliq tilgan olinmagan edi.

Nafaqat BMT, Yevropa Ittifoqi va AQSh rasmiylari, balki Islom Karimov siyosatini muntazam ravishda tanqid qilib kelayotgan tashkilotlar nazarida ham O’zbekiston qo’shni Qirg’izistondagi qirg’inga bosiqlik bilan javob bergan va 100 mingga yaqin jabrdiydani o’z bag’riga olib to’g’ri ish qilgan.

Vaholanki, deydi amerikalik tahlilchilar, o’zbeklarga qarshi qanday qabih jinoyatlar amalga oshirilganiga bugun butun dunyo guvoh. Qo’shin tortmay, Qirg’izistonni ochiqchasiga qoralamay, Karimov uzoqni ko'zlab ish tutmoqda, deydi ular.

Huquq targ’iboti bilan shug’ullanuvchi Demokratiya uchun AQSh Jamg’armasi (NED) nomli muassasa vakili Miriam Lanskoyning aytishicha, jabrdiydalarga ko’rsatilayotgan mehr-oqibat O’zbekiston hukumati uchun katta plyus.

“O’z huquqini talab qilishdan qo’rqib yashaydigan aholi va jon saqlash uchun qo’shni davlatga noiloj holda kelgan minglab insonlar hozir bu hukumatga rahmat va tasanno aytayotganini eshitayapmiz”, – deydi u.

“Vaziyat qaltis", – deydi Miriam Lanskoy. "Mintaqa AQSh, Rossiya va Xitoy ta’siri ostida va bu davlatlar manfaat va istaklarini unutmasdan harakat qilishi kerak. Amerika pozitsiyasi shuki, inqirozga dunyo ahli bir yoqadan bosh chiqarib javob berishi kerak. O’zbekistonning muhim rol o’ynashi tayin”, - deydi u.

Lekin respublika bag’rikeng yurt ekanini ko’rsatayotgan bir paytda, deya eslatadi yana bir tahlilchi, Diniy erkinlik bo’yicha AQSh xalqaro komissiyasi eksperti Katerina Kosman, O’zbekiston qamoqxonalarida minglab insonlar erkin fikri va tuzumga nisbatan tanqidi uchun jazolanayotganini unutmaslik kerak.

Diniy erkinlik bo’yicha AQSh xalqaro komissiyasi (USCIRF) hisobicha, O’zbekistonda siyosiy mahbuslar soni qariyb besh ming.

Bugungi hamkorlik qanchalik muhim bo’lmasin, deydi Katerina Kosman, Amerika hukumati O’zbekistonga huquq va qonun ustuvorligini ta’minlash naqadar oliy vazifa ekanini qayd etib turishi kerak.

“O’zbekiston – tashvishga molik mamlakat. Andijon voqealari ketidan bu davlatga yordamni kamaytirganmiz va hozir ham u bilan aloqalarimizga qator to’siqlar qo’yilgan. Bizning komissiya bu siyosiy-diplomatik to’siqlarni olib tashlamaslikni tavsiya qiladi, chunki O’zbekistonda huquq ahvoli faqat qog’ozda yaxshilanayapti xolos”, – deydi u.

Tan olish kerak, deydi Katerina Kosman, O’zbekiston bilan bugungi aloqalar Afg’onistonga borib taqaladi.

Kosman xonim fikricha, ularning boshida turgan Mudofaa vazirligi – Pentagon huquq tashkilotlarini tinglaydi, lekin o’z bilganidan qolmaydi.

“Biz Pentagonga aytayapmiz: Mayli, Afg’oniston bobida hamkorlik qiling, lekin O’zbekistonga huquq-tartibot va ichki ishlar tizimini isloh qilish uchun amaliy yordam ham bering”, - deydi u.

"Faqat qisqa muddatli manfaatlar emas, xalq hayotini osonlashtirish, barqarorlik uchun yo’l ochish haqida o’ylaylik”.

Davra suhbatida Yusuf Juma taqdiri alohida tilga olindi. Tuzumni haqoratlaganlikda aybdor deb topilib, Jasliq qamoqxonasida o’tirgan bu shoirning rafiqasi Gulnora Jumayeva uch o’g’li bilan hozir Amerikada yashaydi.

U AQShdan turmush o’rtog’ini ozod qilishga yordam so’rashda davom etmoqda.

"Umr yo'ldoshimning hech bir aybi yo'q, buni O'zbekiston hukumati ham biladi. Uning yagona aybi shoir bo'lgani, xalq dardini madh etgani, o'z she'rlari orqali erkinlik va adolatni talab qilgani", - deydi Gulnora Jumayeva.

Davraga AQSh qonunchilari, jumladan, kongressmen Jozef Pitts ham qo’shildi. O’zbekiston bilan telefon orqali bog’lanib, farg’onalik huquq himoyachisi Abdusalom Ergashev va qochqinlar lagerlarida bo’lib, ahvol bilan tanishgan tahlilchi Suhrob Ismoilov fikrlari tinglandi. Ular amerikaliklarning mintaqadagi vaziyat haqida bergan savollariga javob berdi.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy and The National Interest. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG