Breaking News

Telereportaj. O'zbeklar Texasda. Oltinchi qism. Piknik


Xyustonda o'zbeklar piknigi, sentabr, 2012-yil.
O’zbeklar dunyoning qay burchagida bo’lmasin, madaniyat, urf-odatlarini saqlashga intiladi. O’zga yurtda bu qiyin masala, shu sababdan vatandoshlar pikniklar uyushtirib, tez-tez uchrashib turadi. Yaqinda Texas shatining Xyuston shahrida o’zbek jamoasi to'planib, piknik uyushtirdi.

Texasda jazirama yozdan so’ng harorat tushib, kuz fasli yoru birodarlar bilan uchrashish uchun ayni palladir. Xyuston va uning atrofida yashovchi o’zbeklar yana diydor ko’rishmoqda, oxirgi xabarlar bilan o’rtoqlashmoqda.

So’nggi bor jamoa Shodiyor Ortiqovning to’yida to’planib, xizmat qilgan edi. Endi samarqandlik kuyov to’raning o’zi ham xizmatda. Uning aytishicha, Amerikada to'y qilish oson emas, ammo jamoa bir yoqadan bosh chiqarib, yordam berdi, xizmat qildi.

Shodiyor va uning rafiqasi Umida yangi texnologiyalar, ya’ni internet orqali emas, eskichasiga, kattalar yordamida tanishgan.

Xyustondagi o’zbeklarning aksariyati oilali. Omon Qo’chqorov ham ularning qatoriga qo’shilishni istaydi, ammo hozircha bo’lajak umr yo’ldoshi topgani yo’q.

"O'zbekona qiz qidiryapman", - deydi u.

Omon hozirda hisobchilik va ultratovush usuli bilan tashxis qo’yish sirlarini o’rganyapti. Kelasi yildan magistraturada o’qishni boshlamoqchi.

Davronbek Yoqubov Toshkentdan. Amerikaga kelganiga 14 yil bo’ldi. Sakkiz yildan beri Xyustonda yashaydi.

"Xyuston menga juda yoqadi. Bu xalqaro shahar. Har xil mamlakatlardan kelgan odamlar bor".

Nilufar Abdullaeva Andijondan. Biznes boshqaruvi yo’nalishi bo’yicha magistrlikka o’qiyapti. Nasiba Ruziyeva esa Surxondaryodan. Ikki farzandning onasi.

"Amerikada tug'ilgan bolalarning o'zbek tilini o'rganishi oson emas. Chunki maktabda ular doim ingliz tilida gaplashadi. O'zbek tili faqat uyda", - deydi u.

Xyustondagi o'zbeklar inoqligi, mehr-oqibati, tarbiyasi, o’z madaniyatiga hurmat bilan boshqalardan ajralib turadi.

(Lavhaning to'liq ko'rinishini video shaklda tomosha qiling)

  • 16x9 Image

    Odil Ruzaliev

    Odil O'zbek xizmatiga 2005-yilda kelgan. Diktor va prodyuser. AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) xalqaro aloqalar sohasida magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekiston TV 1-kanalida ingliz tilidagi yangiliklar – FCN (First Channel News) – ko'rsatuvining muallif-boshlovchisi edi. "Axborot" dasturida mehnat qilgan. Odil ko'p yillar AQShning Toshkentdagi elchixonasi axborot bo'limida ishlagan. O'zbek, ingliz va rus tillarida chop etilgan qator maqolalar muallifi. Farg'ona shahrida tug'ilgan.

    Odil Ruzaliev is a reporter, radio and TV anchor, web editor and producer for Voice of America’s Uzbek Service since 2005. Prior to joining VOA, he worked at the State Radio and TV of Uzbekistan, BBC International’s Central Asia region, and was a regular Contributor for CNN World Report. He has also worked as an Information Assistant at the US Embassy in Tashkent, Uzbekistan. He was the creator and host of the TV program First Channel News, Uzbekistan’s first English language news broadcast. In his spare time he is a freelance photographer. A native of Ferghana Valley, Uzbekistan, Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. In addition, he was an exchange student at Pace University in New York City and holds a master’s degree in international affairs from the Fletcher School of Law and Diplomacy at Tufts University in Medford, Massachusetts.

XS
SM
MD
LG