Breaking News

Telereportaj: O'zbeklar Texasda. 3-qism


Amerikada tug'ilgan yosh o'zbek oila, Muxtor va Parvina, Xyuston, Texas.
Texasdagi o’zbeklar turkumiga doir telelavhalarimizni davom ettirar ekanmiz, Xyustondagi ikki oila haqida hikoya qilib, Amerikada tanishish, oila qurish, farzand ko’rish, ularni voyaga yetkazish, tarbiyalash, o’z madaniyatini singdirish kabi mavzularda bu oilalar fikrlari bilan tanishasiz.

Xyuston Amerikaning to’rtinchi yirik shahri bo’lib, 50 ka yaqin o’zbek yashaydi. Ular o’qimishli, yaxshi kasb egalari. Orasida olimlar va sportchilar ham bor. Bir-biri bilan aloqada, bordi-keldi bor.

Ularning aytishicha, o’zbeklarni Xyustonga tortayotgan omillar bu o’qish va ish masalasi. Bu yerdagi oliygohlar yetakchilaridan hisoblanadi, o’qishdan so’ng ish topish ham boshqa shtatlarga qaraganda osonroq, narxlar Virjiniya, Kaliforniya yoki Nyu-Yorkka qiyoslaganda ancha past.

Xudoyor Ortiqov asli Samarqanddan. 1998-yili “Umid” jamg’armasi orqali Ayova shtatida, so’ng 2002-yili Chikagoda tahsil oldi. Londonda ham o’qidi. Ikki yil burun Amerikaga qaytib, Xyustonga joylashdi. Kollejda informatsion texnologiyalar bo’yicha mutaxassis bo’lib ishlaydi. Amerikada tug’ilgan ikki farzandning otasi. O’zbekiston muhitidan yiroqda bolalarni milliy ruhda tarbiyalash oson emas, deydi Xudoyor.

Xonadon o’zbekona bezalgan. Hovlida hatto so’ri bor. Amerikada odatda ovozi chiqmaydigan itlarning hurishi bir zumga O’zbekistonni eslatadi.

Sentabr oyida Xyustonda Xudoyorning ukasi uylandi. To’y o’zbek yoru-birodarlarning uchrashishiga yaxshi bahona bo’ldi.

Muxtor va Parvina Amerikadagi yosh oilalardan. Har ikkisi bu yerga 10 yil oldin kelgan. Muxtor Andijondan, Parvina esa qo’qonlik. Muxtor hisobchi, Parvina kadrlar bo’limida mutaxassis bo’lib ishlaydi. Ular ikki yil oldin Facebook orqali tanishgan. Amerikada oila qurmoqchi bo’lgan o’zbeklar uchun tanishishning eng qulay yo’li hozircha shu, deydi ular.

Qo’chqorovlar oilasi farzand kutyapti. Dekabrda o’g’il tug’iladi, deya umid qilishmoqda. Hozirdan bolaga o’zbekona tarbiya berish haqida o’ylashmoqda.

Parvinaning aytishicha, Amerikada bo’lg’usi ota-ona maxsus tayyorgarlikdan o’tadi.

Lavhaning video ko'rinishini to'liq holda quyida tomosha qilish mumkin.

  • 16x9 Image

    Odil Ruzaliev

    Odil O'zbek xizmatiga 2005-yilda kelgan. Diktor va prodyuser. AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) xalqaro aloqalar sohasida magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekiston TV 1-kanalida ingliz tilidagi yangiliklar – FCN (First Channel News) – ko'rsatuvining muallif-boshlovchisi edi. "Axborot" dasturida mehnat qilgan. Odil ko'p yillar AQShning Toshkentdagi elchixonasi axborot bo'limida ishlagan. O'zbek, ingliz va rus tillarida chop etilgan qator maqolalar muallifi. Farg'ona shahrida tug'ilgan.

    Odil Ruzaliev is a reporter, radio and TV anchor, web editor and producer for Voice of America’s Uzbek Service since 2005. Prior to joining VOA, he worked at the State Radio and TV of Uzbekistan, BBC International’s Central Asia region, and was a regular Contributor for CNN World Report. He has also worked as an Information Assistant at the US Embassy in Tashkent, Uzbekistan. He was the creator and host of the TV program First Channel News, Uzbekistan’s first English language news broadcast. In his spare time he is a freelance photographer. A native of Ferghana Valley, Uzbekistan, Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. In addition, he was an exchange student at Pace University in New York City and holds a master’s degree in international affairs from the Fletcher School of Law and Diplomacy at Tufts University in Medford, Massachusetts.

XS
SM
MD
LG