Breaking News

Amerikadagi o'zbeklar nomzodlar haqida ma'lumot kamligidan nolimoqda


O'zbekiston fuqarosi bo'lsangiz, qaysi shtatda yashayotganingizga qarab, Vashingtondagi elchixona yoki Nyu-Yorkdagi konsullikda ovoz berish mumkin

O’zbekistonda shu yakshanba parlament saylovlari o’tkaziladi. Xorijda yashovchi fuqarolar uchun to’rt partiyadan bittadan nomzod taklif etilgan.

Amerikadagi o’zbekistonliklarni saylovga jalb etishda Vashingtondagi O’zbekiston elchixonasi bu yili faol ish olib bordi. Xususan, bir necha fuqaro bilan elchixonada uchrashuv uyushtirilib, saylov ahamiyatiga urg’u berildi. Biroq nomzodlar bo’yicha ma’lumot jarayonga bir hafta qolganda tarqatildi va bu axborotni elchixona bilan aloqasi bor fuqarolargina olgan.

Amerikadagi o'zbeklar nomzodlar haqida ma'lumot kam, demoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:48 0:00

"Mening ko'p o'rtoqlarim, qarindoshlarim saylov haqida ko'p axborotga ega emas. Nomzodlarning kimligini bilishmaydi. Agar men hozir borib ovoz bersam, tasodif bir kishini mas'uliyatli ishga saylayotganday his qilaman. Shuning uchun saylovga bormasam kerak, 1-2 tanishlarim ham shunday", - deydi Merilend shtatida istiqomat qiluvchi Alisher Eshonqulov.

Uning aytishicha, nomzodlar haqida ma’lumot yetarli emas, ularning dasturlari
mavhum.

"Men nomzodlar haqida internetda mustaqil ravishda ma'lumot izlab topdim. Ularning qayerda ishlaganlari, qayerda yashaganlari bitilgan, lekin baribir, menimcha, ko'proq informatsiya bo'lishi kerak. Masalan, ularning loyihalari, ishga kirgandan keyingi niyatlari, rejalari bo'lishi kerak", - deydi Alisher.

Nyu-yorklik Dilshod Zokirov ham saylov haqida ma’lumot kam va nomzodlar tashviqot ishlarida sust bo’lganini hamda Amerikadagi o’zbeklar bilan umuman aloqa qilmaganini qayd etdi.

"Nomzodlarning Amerikaga kelishi hozirgi damda imkonsizdir balki. Meni quvontirgan narsa shuki, ko'p yosh nomzodlar internetda juda faol, masalan, Facebook sahifasi yoki boshqa veb-saytlar orqali ishtirok etmoqda. Men chet elda yashayotgan o'zbekistonlik sifatida o'zim ovoz bermoqchi bo'lgan inson haqida hech narsa bilmaganimdan keyin ovoz berish qiziq emas hamda nomzodning nima qilayotganidan xabarsiz bo'lib, ovoz berishdan foyda ne degan fikr tug'iladi. Ularning bu yerga kelishi shartmas, lekin, masalan, o'zlarining dasturlarini video rolik orqali yoki elektron pochta orqali yoki ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda bizdan "muammolaring nima", "nima qilib bersak sizlarga yaxshi bo'ladi" degan savollar bersa, nomzod o'zidan-o'zi ko'proq ovoz olib, natijada g'olib chiqish imkoniga ega bo'ladi. Afsuski, chet elda yashayotgan ko'pchilik o'zbekistonliklar ozmi, ko'pmi, har xil yo'llar bilan O'zbekistonga yordam berib kelyapti. Bu narsa hukumatga, o'zbekistonliklarga va xorijda yashovchi o'zbekistonliklarga judayam qulay kelgan bo'lardi, afsuski, biz bu nomzodlar orasida bunaqangi hatti-harakatni ko'rmadik", - deydi Dilshod.

Virjiniya shtatidan Aloxon Ho’jayev Amerika va umuman chet eldagi o’zbekistonliklarni qiynayotgan 1-2 ta masala bor. Uning aytishicha, deputatlikka nomzodlar ana shu muammolarni hal qilishga va’da berib, xorijdagi saylovchilar ovozlarini qo’lga kiritishi mumkin edi.

"Hamma duch keladigan asosiy muammolardan biri O'zbekiston pasportiga tegishli. Pasportini o'zgartira olmaydi, OVIR (chiqish) vizasining muddatini uzaytirish kerak bo'lsa, buning uchun O'zbekistonga borib kelishga majbur. Cheklovlar juda ko'p. O'zbekiston elchixonasida qilinishi kerak bo'lgan ishlarni shu yerning o'zida uddalab bo'lmaydi. Agar shu ishni qilib beraman degan nomzod bo'lsa edi, hamma ovozini unga bergan bo'lardi, chunki ko'pchilik shu muammo bilan yuzlashadi", - deydi u.

Aloxon uchun bu saylovlar birinchisi. U rafiqasi bilan birga elchixonaga borib ovoz bermoqchi.

Nomzodlarga kelsak, aynan xorijdagi o’zbekistonliklar uchun to’rt kishi taklif etilmoqda. “Adolat” partiyasidan 35 yashar huquqshunos Rustam Tangaboyev, Xalq demokratik partiyasidan 51 yashar pedagog Feruza Madaminova, Liberal-demokratik partiyadan 38 yashar pedagog Aziza Qosimova va “Milliy tiklanish” partiyasidan qayta saylanishga umid qilayotgan 51 yashar filolog Azamat Ziyo.

O’zbekiston elchixonasi tarqatgan ma’lumotnomada ularning qisqacha tarjimai xoli va umumiy qarashlari keltiriladi, ammo nomzodlarning dasturi xususida hech bir axborot yo’q.

Bu insonlar haqida umrida eshitmagan, qilgan ishlaridan xabari bo’lmagan saylovchilar nimaga asoslanib va qay biriga ovoz berishi mavhum.

  • 16x9 Image

    Odil Ruzaliev

    Odil O'zbek xizmatiga 2005-yilda kelgan. Diktor va prodyuser. AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) xalqaro aloqalar sohasida magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekiston TV 1-kanalida ingliz tilidagi yangiliklar – FCN (First Channel News) – ko'rsatuvining muallif-boshlovchisi edi. "Axborot" dasturida mehnat qilgan. Odil ko'p yillar AQShning Toshkentdagi elchixonasi axborot bo'limida ishlagan. O'zbek, ingliz va rus tillarida chop etilgan qator maqolalar muallifi. Farg'ona shahrida tug'ilgan.

    Odil Ruzaliev is a reporter, radio and TV anchor, web editor and producer for Voice of America’s Uzbek Service since 2005. Prior to joining VOA, he worked at the State Radio and TV of Uzbekistan, BBC International’s Central Asia region, and was a regular Contributor for CNN World Report. He has also worked as an Information Assistant at the US Embassy in Tashkent, Uzbekistan. He was the creator and host of the TV program First Channel News, Uzbekistan’s first English language news broadcast. In his spare time he is a freelance photographer. A native of Ferghana Valley, Uzbekistan, Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. In addition, he was an exchange student at Pace University in New York City and holds a master’s degree in international affairs from the Fletcher School of Law and Diplomacy at Tufts University in Medford, Massachusetts.

XS
SM
MD
LG