Breaking News

AQSh: Siyosatda ayollar nega hamon kam?


So’rovnomalarda amerikaliklarning siyosatda ayollar ko’payishi tarafdori ekani sezilsa-da, bu maqsadga erishish borasida fikrlar turlicha.

​“Pyu” tadqiqot markaziga ko’ra, 69 foiz amerikaliklar erkaklar saylanishi osonroq desa, aholining besh foizi ayollar ko’proq ovoz yig’a oladi deb hisoblaydi. To’rtdan bir qismi jinsning farqi yo’q degan.

Kasbi, irqi, ma’lumotidan qat’i nazar 48 foiz erkaklar, 69 foiz ayollar siyosatda xotin-qizlar ishtiroki juda kam deb javob bergan. 33 foiz atrofidagi respublikachilar, 79 foiz demokratlar ayollar haqiqatda siyosatda kam deydi.

Shuningdek, 61 foiz amerikaliklar nazarida siyosatda muvaffaqiyatga erishishni istagan ayollar o’zini ko’rsatish uchun erkaklarga nisbatan ko’proq harakat qilishi kerak. Siyosatdagi ayollarning o’zi ham buni tasdiqlaydi.

Xotin-qizlar siyosatda kamnamoligining yana bir katta sababi partiya liderlari ularni qo’llab-quvvatlamasligida, deydi 43 foiz erkaklar, 61 foiz ayollar.

Davlat boshqaruvi rollariga ayollarni saylashga Amerika aholisi hali tayyor emas, deydigan amerikaliklar ham bor. 57 foiz ayollar, 32 foiz erkaklar shu fikrda.

Liderlik uslubi haqida ham jamoat fikrini o’rgangan markaz tahlilicha, ayollar siyosatda o’zgacha uslubga ega. Har 10 amerikalikdan oltitasi xotin-qizlarda tushunuvchanlik yuqori deb hisoblaydi. Shuningdek, ayol siyosatchilar murosaga ochiq, bolalar uchun ham yaxshi o’rnak bo’la olishi kuzatilgan.

Erkak siyosatchilarda tavakkal qilish ko’proq uchraydi. Ular tikso’zlik, qat’iylik bilan muvaffaqiyatga erishsa, xotin-qizlar ochiqligi, istarasi va tushunuvchanligi bilan e’tibor tortadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG