Breaking News

Dunyo bo'ylab koronavirusning yangi to'lqini avj olgan


Yuta shtati, AQSh

Qo'shma Shtatlarda 28-dekabrning o'zida yarim milliondan oshiq odamda koronavirus aniqlangan. Pandemiya boshlanganidan beri 24 soat ichida kuzatilgan eng yuqori ko'rsatkich.

Bemorlar orasida bolalar ko'p ekani xavotirni oshirib, bu virusning aynan omikron turi ekani ta'kidlanmoqda.

AQShda ayni damda virusga chalinganlarning yarmidan ko'pi omikronni yuqtirgan.

Sport o'yinlari va boshqa ommaviy tadbirlar ham yo kechiktirilgan yo rejadan chiqarilgan.

Fransiyada bir kunda qariyb 180 ming odamda infeksiya qayd etilgan.

Daniyada ham misli ko'rilmagan sonda aniqlangan, bir kunda 16 mingdan oshiq insonda.

Britaniyada 139 mingga yaqin, Gretsiyada 22 ming yaqin, Italiyada 78 mingdan ziyod, Portugaliyada 17 mingdan oshiq, Ispaniyada esa deyarli 100 ming.

29-dekabr kuni Avstraliyada 18 mingdan ko'proq infeksiya aniqlangan.

Yuqorida qayd etilgan mamlakatlarda va ularga qo'shni davlatlarda pandemiyaga qarshi chora-tadbirlar kuchaytirilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG