Afg’on hukumati Trampning so’nggi so’zlari xususida izoh so’radi

  • Amerika Ovozi

Prezident G'ani va Bosh vazir Abdulla, Kobul

AQSh rahbari Donald Tramp 2-yanvar kuni Oq uyda so'zlar ekan, mintaqa davlatlari Afg’onistonda terrorizmga qarshi kurashish bo’yicha ko’proq hissa qo’shishi kerak, deya Pokiston va Rossiyani tilga oldi. U Sovet ittifoqi tarqab ketishiga Afg’onistondagi urush sabab bo’lgan, deya ta’kidladi.

“Hindiston o’sha mintaqada, Rossiya o’sha yerda. Sovet ittifoqini Rossiyaga aylantirgan ham Afg’oniston. Chunki Rossiya Afg’onistondagi urushni yutqazdi. Pokiston o’sha yerda. Ular Afg’onistonda jang qilishi kerak. Rossiya o’sha yerda jang qilishi kerak”,- deydi Tramp.

Prezident Tramp Afg’onistonda bir-biriga qarshi jang qilayotgan Tolibon va “Islomiy davlat” jangari o’rtasidagi to’qnashuvlarga aralashmaslik lozim, deydi.

Bu fikrlarga afg'on hukumati jumladan shunday munosabat bildirdi:

“Sovet ittifoqi (hozirda tarqab ketgan) Afg’onistonga bostirib kirganida afg’onlar o’z to’prog’ini himoya qilib “jihod” qilgan”.

“Chiqishlar va rasmiy pozitsiya o’rtasida farq bor. Biz AQShdan ba’zi chiqishlar va rasmiy pozitsiya haqida izoh so’raganmiz. Yaqin kunlarda javob keladi degan umiddamiz”,- deya bayon qildi prezident saroyi.