Afg'oniston: Tolibon hujumida 13 politsiyachi halok bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Afg'oniston shimolida ro'y bergan Tolibon hujumida kamida 13 askar halok bo'lgan. Yaxshi qurollangan jangarilar Qunduz viloyatining Xonobod tumanida politsiya postini o'qqa tutdi, deydi rasmiylar.

Xonobod politsiya boshlig'i Hayatulla Amiriyning "Amerika Ovozi"ga aytishicha, toliblar o'zi bilan qurol-aslaha, o'q-dori va zirhli harbiy mashinani olib ketgan.

Tolibon harakati hujumni uyushtirganini darhol tan olib, jami 17 politsiyachi va ularning qo'mondoni otishmada o'lganini da'vo qilmoqda. Harakat so'zlovchilari odatda jang maydonidagi yutuqlarni bo'rttirib tasvirlaydi.

Bu voqeadan bir kun avval G'azni viloyatida ham to'qqiz politsiyachi o'lgan. Oktabr oyida jangarilar Afg'oniston bo'ylab qator qonli hujumlar uyushtirdi, jumladan politsiya idoralari, harbiy bazalar va masjidlarda.

Ayni paytda mamlakat hududining taxminan 40 foizi Tolibon nazoratida.