Taslim bo’lgan jangarilar: Toliblarga qarshi urushga tayyormiz


Sobiq jangarilari rasmiylar bilan, Juzjon viloyati

Tolibon guruhi safida jang qilishni noto’g’ri deb topmagan harakat a’zolaridan besh nafari Juzjon viloyatida hukumatga taslim bo’ldi. Rasmiylar ular yangi hayot boshlashi uchun zarur imkoniyatlar yaratib bermoqchi.

Juzjon va Saripul viloyatlarida askarlar bilan jangda bo’lib, buzg’unchilik ishlariga qul urib kelgan bir guruh toliblar o’zini Juzjon mahalliy hukumatiga topshirdi.

Ular Juzjon-Saripul chegarasida harakat a’zolaridan to’rt nafarini o’ldirib keyin qo’llaridagi qurollari bilan hukumatga taslim bo’lgan.

Evaz Muhammad boshchi bu guruh tolibonga qo’shilganidan afsusda. Toliblar yolg’on-yashiq so’zlar bilan aldashgan, deydi u.

Evaz Muhammad to’rt yildan beri tolibon bilan edi, kech bo’lsa ham to’g’ri yo’lga qaytmoqchi.

“Begunohlar o’ldirilayotganiga chiday olmadik. Ular insonlarni o’ldiradi, pullarini oladi. Tinch aholiga ziyon yetkazadi. Toliblar xudodan ham, bandasidan ham qo’rqmaydi”,- deydi Muhammad.

Harakatning odamlarni nohaq o’ldirish, jazolash kabi ishlaridan to’ygan bu insonlar endi xalqqa xizmat qilish niyatida.

“Toliblar bizga majburiy ravishda qurol ko’tartirgan. Jihod qilamiz, degan. Yolg’on aytgan ekan, bu ish jihod emas ekan. Odam qonini to’kar edi. Yo’llarni to’sib qo’yar edi. Biz buni xohlamaymiz, dedik”,- deydi Abdulg’afur ismli yana bir taslim bo’lgan tolib.

Juzjon hokimi ushbu toliblarni kutib olar edi, boshqa jangarilarni ham sulhga da’vat qildi.

“Hukumatning eshigi barchaga ochiq”, - deydi Juzjon hokimi Mavlaviy Lutfullah Aziziy.

“Bu birodarlarimiz afg’on hukumati haqqoniyligini bilib, tinchlik dasturiga qo’lishdilar. Qurollarini yerga qo’ydilar. Bular xalqqa va vataniga xizmat qilmoqchi. Xush kelibdilar”,- deydi Juzjon hokimi.

Juzjon rasmiylarning bildirishicha, hozirgacha 800 tolib hukumat tarafiga o’tgan. Qurollarni yerga qo’yib, tinch hayotga qaytishni xohlaganlar olqishlanmoqda.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG