Virjiniyada millatchilar namoyishi oldidan favqulodda holat

  • Amerika Ovozi

Sharlotsvildagi namoyishlar, 2017-yil

AQShning Virjiniya shtati oq tanli millatchilar namoyishining bir yilligi munosabati bilan favqulodda holat e'lon qildi.

Ushbu qaror Sharlotsvil shahri va shtat shimolida namoyishlar zo'ravon tus olgan taqdirda zudlik bilan Milliy Gvardiyani ishga solish imkonini beradi. 700 dan ziyod politsiyachi shay holatga keltirilgan.

2017-yilning yozida Sharlotsvilda fuqarolar urushi davridagi qo'mondonlar haykallari olib tashlanishi oq tanli millatchilar va neo-natsist guruhlarni g'azabga solgan edi. Ular qarshi chiqqan tomon bilan mushtlashib, bir mashina odamlarga urilib, o'shanda bir ayol jon bergan edi. Shuningdek, namoyishlarni osmondan kuzatayotgan vertolyot qulashida ikki askar o'lgan.

Sharlotsvilda irqiy birdamlikni targ'ib qilish uchun xotira marosimlari rejalangan. O'tgan yilgi namoyishlarning tashkilotchisi Jeyson Kesslerga shahar ma'muriyati bu gal ruxsat bermadi. U Oq uy qarshisida aksiya o'tkazmoqchi.

2017-yilda Virjiniyadagi to'polonlarda Prezident Donald Tramp oq tanli ayirmachilarni va ularga qarshi chiqqan odamlarni birdek ayblagani uchun tanqidga uchragan.