Xitoyda kommunistik partiya idorasi yonida portlashlar

  • Amerika Ovozi

Shansi provinsiyasi, Tayuan shahrida qo’lbola bomba ishlatilgani taxmin qilinayapti. Uning ichiga shrapnel – mayda temirlar to’ldirilgan.

Xitoy matbuotining yozishicha, shimolda kommunistik partiya idorasi yonida portlashlar sodir etilib, bir kishi halok bo’lgan. Yana sakkiz odam jarohatlangan.

Shansi provinsiyasi, Tayuan shahrida qo’lbola bomba ishlatilgani taxmin qilinayapti. Uning ichiga shrapnel – mayda temirlar to’ldirilgan. Guvohlar kamida yettita portlash eshitilganini aytadi.

Bir hafta oldin Pekindagi Tiananmen maydonida avtomobil bir necha yo’lovchini bosib ketib, alanga olgan, besh odam jon bergan edi.

Hukumat bunda musulmon ekstremist guruhlarini ayblayapti. Mashinadagi odamlar Shinjon-Uyg’ur muxtoriyatidan ekani aytiladi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xon Li ikki voqeani bog’lashga hali erta, deydi. “Shansi provinsiyasidagi xurujlar tergov qilinayapti” , -deydi u.

Shinjonda yashovchi uyg’ur aholi rasmiy Pekinni diniy va madaniy bosimda ayblab tandiq qilib keladi.

Uyg’ur va xitoylar o’rtasida bot-bot to’qnashuvlar ro’y berar ekan, hukumat har qanday isyon va e’tirozni terrorizmga yo’yadi.