AQSh qonunchilari ekstremizmga qarshi kurashni kuchaytirmoqchi

  • Amerika Ovozi

Nyu-York shahri politsiyachilari

Yevropaning Manchester va London shaharlarida yuz bergan so'nggi terror xurujlari ortidan AQSh qonunchilari ekstremizmga qarshi kurash choralarini kuchaytirishga chaqirmoqda. Kapitoliyda bu haqda bahslar allaqachon boshlangan.

Tahdid ko'lami kengayib bormoqda.

Prezident Donald Trampning olti musulmon o'lka fuqarolarini AQShga kiritmaslik qarori Oliy sudda ko'rilar ekan, qonunchilarning e'tibori chegaralarni mustahkamlashda.

Rasmiylar muvozanatli qonun bo'lishini aytmoqda.

"Chegara xavfsizligidan ko'ra razvedka, tergovlar hamda harbiy amaliyotlarga ko'proq etibor berishsa yaxshi bo'lardi", - deydi tahlilchi Kim Kregin.

Yevropa terror xavfliga qarshi kurash olib borar ekan, AQSh mintaqaning xato va tajribalaridan xulosa chiqarishga urinmoqda.

"AQSh Yevropadan bu masalada nimani o'rganishi mumkin?" - deya so'raydi qonunchi Bred Sherman.

"Yevropa xavfning oldini olishga ko'p resurslar sarflamoqda. Radikallashish ostonasida turgan odamlarni yo'ldan qaytarishga yo'naltirilgan ko'plab dasturlarni joriy etishgan", - deydi AQSh Tinchlik institutidan ekspert Jorjiya Holmer.

Yevropadan o'rganish mumkin bo'lgan yana bir narsa - ozchilik guruhlar bilan yaqindan ishlash.

"Yevropalik hamkorlarimiz yakkama-yakka ishlash yo'llarini ham joriy qilgan. Gap raqamlarda emas, insoniy misollarda. Bolalar bilan yo'ldan og'masidan oldin ishlash muhim", - deydi yana bir ekspert Simus Hyujes.

Tahdidning mavjudligi ortiq sir emas.

"Parij xuruji G'arbning ko'zini ochdi", - deydi Kregin.

"Islomiy davlat" esa ijtimoiy tarmoqlarda ish uslubini o'zgartirmoqda.

"IShID virtual ishbilarmonlarni yollab keladi. Ular G'arbdagi odamlar bilan bog'lanish uchun ijtimoiy tarmoqlarni ishlatadi. Raqqadagi 7-8 ta inglizcha biladigan odam Amerika va Yevropagacha yetib bormoqda", - deydi Hyujes.

Yevropa yo'lidan yurish kerakmi? Bunga shubha qiladiganlar ham bor.

"Amerika kompaniyalari orqali odam yollayotgan, pul yig'ib, propaganda qilayotgan, bomba yashashni o'rgatayotgan xorijllik terrorchilar bular. Yevropaliklar ijtimoiy tarmoqlarni nazorat qilish haqida gapiryapti", - deydi qonunchi Ted Pou.

AQShda esa xavfsizlik uchun erkinlikni cheklashga qarshilik doim kuchli bo'lgan.