Kaliforniya o'rmonlaridagi yong'inda o'nlab odamlar o'lgan

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Kaliforniyadagi yong'in: hududda favqulotda holat

Kaliforniya shtatidagi kuchli yong’inda kamida 15 odam halok bo’lgan. Shamol ta’sirida olov juda tez tarqalmoqda.

Napa, Sonoma va Yuba okruglarida favqulodda holat e'lon qilindi; aholi hayoti xavf ostida.

“Tajribali, eng zo’r qutqaruvchilarimiz ishlayapti. Har bir odamning hayoti uchun kurashyapmiz. Bor kuchimizni ishga solganmiz”, - deydi sherif Rob Jordano.

1500 dan ortiq uylar va bizneslar vayron bo'lgan. Koplab odam jabrlangan. Qurbonlar soni hali aniq emas. Shimoliy Kaliforniyaning uch okrugida 14 joyda yong'in yuz bergan.

20 ming aholi evakuatsiya qilingan. Yuzlab odam kasalxonalardan ko'chirilgan.