O'zbekistonning AQShdagi elchixonasida Mustaqillik tantanalari

  • Amerika Ovozi

O'zbekistonning AQShdagi elchixonasida Mustaqillik tantanalari

Sovet Ittifoqi parchalanib, uning o'rnida yangi mustaqil davlatlar paydo bo'lganiga 20 yil to'ldi.

Bu ayyom nafaqat har bir yurtda balki ularning xorijdagi elchixonalarida ham keng nishonlanmoqda.

O'zbekistonda mustaqillik deklaratsiyasi 1991 yilning 31 avgustida qabul qilingan. 1-sentabr - Mustaqillik kuni.

Ushbu kun Vashingtonda, O'zbekistonning AQShdagi elchixonasida, bayram shodiyonalari bo'lib o'tdi. Yuzlab mehmonlarga dasturxon yozildi. O'zbekistonlik san'atkorlar katta konsert berdi.