Ishbilarmonlar uchun Vashingtonda xalqaro sammit


<!-- IMAGE -->

Vashingtonda tadbirkorlar xalqaro anjumani o’tmoqda.

Barak Obama tashabbusi bilan kechayotgan bu tadbirda 55 dan ziyod mamlakatdan 300 ishbilarmon qatnashmoqda. Aksariyati musulmon jamiyatlaridan kelgan faollar va mutaxassislar.

Prezident Obama anjumanda so’zlar ekan, musulmon dunyosi va Amerika o’rtasida biznes hamkorlikni rivojlantirish kerak dedi.

“Musulmon davlatlaridan biznesmenlar, turli jamg’arma vakillari va tadbirkorlarni Qo’shma Shtatlarga taklif etamiz. Amerikalik mutaxassislar ham sizning mamlakatingizga boradi”, - deydi Obama.

<!-- IMAGE -->

Anjumanning eng yosh qatnashchisi Ali Alam 18 yoshda. AQShning Nyu-Jersi Shtatida maktab o’quvchisi. Interaktiv information veb sahifa ochgan. “Sammit sizga ilhom beradi”, deydi u.

“Bu yerda butun dunyodan kelgan tadbirkorlar bilan uchrashdim. Barchamizning maqsadimiz bir: hamkorlik qilish”.

Anjumanga Tojikiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Turkmanistondan ham mehmonlar kelgan.

Jahon Taganova, Ashgabatdagi “Anor” supermarketlari direktori, Vashingtonda o’tayotgan anjumanga AQShning Turkmanistondagi elchixonasidan taklifnoma olgan.

“Hozirgi paytda Ashgabatda to’rt supermarketimiz bor. Yevropada Tiklanish va Taraqqiyoti Banki bilan hamkorlikda yana 12 ta shunday savdo markazi ochishni mo’ljallayapmiz. Amerikada ham biznes hamkorlar topishni maqsad qilganmiz”, - deydi u.

““Honeywell” kompaniyasi rahbari bilan uchrashdik. Turkmanistondagi do’konlarimizda biz foydalanadigan komputer texnologiyalarini ular ishlab chiqaradi. “Honeywell” kompaniyasi vakillarini Turkmanistonga kelib iqtisodiy imkoniyatlarni o’rganishga taklif qildim va birgalikda ishlashga kelishib oldik. Kompaniyaning regiondagi vakiliga aylanishimiz mumkin. Taklif har ikki tomonga ma’qul”, - deydi turkmanistonlik tadbirkor.


Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG