Breaking News

"Paxta kampaniyasi" O'zbekiston bilan hamkorlik qiladimi?


"Paxta kampaniyasi" - O'zbekiston: Majburiy mehnatsiz kelajak
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:45 0:00

"Paxta kampaniyasi" - O'zbekiston: Majburiy mehnatsiz kelajak

10 yil oldin G'arbda vujudga kelgan "Paxta kampaniyasi" (Cotton Campaign), xalqaro koalitsiya, O'zbekistonda majburiy mehnatga qarshi kurashga bel bog'lab, huquq tashkilotlari, kasaba uyushmalari va bizneslarni birlashtirgan. 250 dan oshiq kompaniyalar unga qo'shilib, O'zbekiston paxtasi va undan ishlangan mahsulotlardan voz kechgan. Harakat nazarida O'zbekistonda o'tgan bir yil ichida bu masalada progress bo'ldi.

"Paxta kampaniyasi" - O'zbekiston: Hamkorlik?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:33 0:00

Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT minbaridan turib majburiy mehnat uning yurtida chuqur ildiz otgan muammo ekanini tan olgani, hukumat uni bartaraf etishda Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan yaqindan hamkorlik qilishi va islohotlar dasturi bu muammoni yengishni ham o'z ichiga olgani "Paxta kampaniyasi" tomonidan ijobiy baholangan.

Koalitsiyaning muhim bir qismi bo'lmish O'zbek-Germaniya Inson huquqlari forumi rahbari Umida Niyozova fikricha, respublika qator sohalarda oldinga siljidi. Lekin muammodan qutulish uchun real kurash hali oldinda.

Paxta kampaniyasi-O'zbekiston: Hamkorlik?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:36 0:00

Birinchi navbatda, deydi Niyozova, hukumat majburiy mehnat masalasini o'rganib, vaziyatni kuzatib kelayotgan huquq himoyachilari va faollarga quloq tutishi kerak. Ularning tahlilnomalarini hisobga olgan holda qarorlar chiqarishi kerak. Aks holda qanday hamkorlik bo'lishi mumkin, deya so'raydi u.

Hamkorlik har ikki tomondan bir-birini tinlglashni talab qiladi. Yaqinda O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari Tanzila Narbaeva "Amerika Ovozi" bilan suhbatda "Paxta kampaniyasi" roli haqida gapirar ekan, Toshkent bu harakat bilan muloqot boshlagani, uning vakillarini mamlakatga taklif qilgani va ularni tinglashga tayyor ekanini aytdi.

Niyozova bu taklif va imkoniyatdan mamnun. Hukumat muammo ko'lamini inkor etishni bas qilib, muayyan hollarga nisbatan muayyan choralar ko'rishi lozim, deydi u. O'zbekiston paxta dalalarida odamlarni zo'rlab ishlatish bas qilinsa, hukumatning hech kim majburan dalaga olib chiqilmasin degan buyrug'i amalda o'z aksini topsa, ishonch shakllanadi, deydi faol.

O'zbekistonda o'zi xohlab paxta terimiga chiqayotganlar, bu - hashar, deya ishonadiganlar bor, deydi Niyozova, lekin minglab odamlar o'zi istamagan tarzda majburan olib chiqiladi. Chiqmasa, pul to'lashi kerak; ishdan bo'shatilasan, deya tahdid qilishadi, deydi Niyozova.

"Qancha-qancha odamlar paxta terimi paytida turli sabablarga ko'ra halok bo'ladi... Qancha odam o'z vaqti va mehnatini tekinga sarflab paxtaga chiqishni xohlaydi? Men o'ylaymanki, ular ko'p emas", - deydi faol.

O'zbekistonda inson huquqlari bilan bog'liq ahvolni uzoq yillardan beri tahlil va tanqid qilib kelayotgan Allison Gill bir paytlarda "Human Rights Watch" tashkilotining mamlakatdagi vakili edi. Umid uchqunlari paydo bo'lib, keyin esa chilparchin bo'lgan davrlar O'zbekiston tarixida ko'p kuzatilgan, deydi u.

O'zbekiston uchun haqiqiy fuqaro jamiyati vujudga kelishi suv va havodek zarur, deydi Gill. Huquq va qonunga hurmatni oshirishda ular muhim rol o'ynaydi, xususan majburiy mehnatning har qanday ko'rinishidan qutulish bobida.

"Hukumat majburiy mehnatni buyruq bilangina to'xtata olmaydi. Kuzatuvchi tizimlar kerak. Oshkoralikni ta'minlash kerak. Xolis hisobot beradigan mahalliy tashkilotlar zarur, chunki fuqaroni eshitish kerak", - deydi Gill.

"Hukumat faqat o'ziga ma'qul tomonlar bilan emas, o'z talab va takliflarini olg'a surayotgan tomonlarni ham tinglashi kerak, aks holda islohot degan narsa yuz bermaydi", - deydi Gill.

"Paxta kampaniyasi"ning yana bir qismi, Mehnat huquqlari bo'yicha xalqaro forum ijrochi direktori Judi Giyerhart deydiki, O'zbekiston hukumati Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan ishlayotgani ayni muddao.

"Biz xalqaro koalitsiya sifatida buni uzoq yillar xohladik. Xalqaro Mehnat Tashkiloti bu borada O'zbekiston bilan ishlashi shart, deb keldik. Hozirda bu hamkorlikka guvohmiz va uning samara berishini istaymiz. Ya'ni, bu tashkilot monitoringi haqiqatni aks ettirsin va unga asoslangan holda choralar ko'rilib, O'zbekiston paxtazorlarida va boshqa joylarda odamlar majburan ishlatilishiga chek qo'yilsin", - deydi Giyerhart.

"O'zini isloh qilishga bel bog'lagan O'zbekiston uchun mana shu katta muammodan qutulish haqiqiy sinov", - deydi bu mutaxassis. "Biz mamlakat o'zgarayotganini shunga qarab baholaymiz".

Cotton Campaign: Ending forced labor is a litmus test for Uzbekistan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:41 0:00

Paxta dalalaridagi og'ir vaziyat haqida tashqi dunyoga xabar bergan odamlar tazyiqqa uchramasligi kerak; huquq-tartibot organlari ularga bosimni bas qilib, erkin faoliyat yuritishi uchun imkon berilishi lozim, deydi Giyerhart.

O'zbekistonda paxta yetishtirishning kvota tizimi bekor qilinmaguncha, bu masala dolzarbligicha qoladi, deydi xalqaro koalitsiya vakili.

Hukumat paxta yetishtirishda majburiy mehnatdan tamoman qutulishiga ishonadi. Bosh vazir o'rinbosari Narbaevaning aytishicha, islohotlar jadal tusda davom etadi va yaqin kelajakda bu masala kun tartibidan ham chiqadi.

Biroq "Paxta kampaniyasi" bu qarashdan yiroq. Rasmiylar islohotlar haqida qanchalik bong urmasin, deydi bu xalqaro koalitsiyaning yana bir vakili Patrisiya Jureviks, 250 dan oshiq bizneslarni O'zbekiston paxtasi adolatli mehnat mahsuli ekaniga ishontirish uchun hali qattiq ishlash kerak.

Uzbekistan: 10 years of Cotton Campaign
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:39 0:00

"O'zbekistonda mehnat qadrlansin. Inson huquqlari e'zozlansin. Biz har bir yurtda shunday bo'lishini istaymiz. Hukumatning niyati qanchalik ezgu va samimiy ekanini uning harakatlari va natijasiga qarab ko'raveramiz. Hozircha maqsadimiz o'sha-o'sha: O'zbekistonda majburiy mehnatga qarshi targ'ibot".

"Paxta kampaniyasi" ajnabiy kuchlar asos solgan harakat desangiz, xato qilasiz, deydi Jureviks. Uning faoliyati asosida O'zbekiston xalqini ezib kelayotgan achchiq haqiqat yotadi - paxta terishdek yillik majburiyat. Xohlaganlar teraversin, lekin xohlamaganlar majburlanmasin. Mehnat uchun munosib haq to'lansin. Bizning koalitsiya shuni targ'ib qiladi", - deydi bu mutaxassis.

"Paxta kampaniyasi" koordinatori Kirill Boychenko umidga to'la. 10 yillik faoliyatdan so'ng O'zbekistonda ijobiy o'zgarishlar bo'layotganidan mamnun. O'zbekiston hukumati bilan muloqot endi boshlanmoqda. Diplomatlar va rasmiylar bilan uchrashuvlar samarali dialogga yetaklashi kerak. Hamkorlik ishonch va iroda talab qiladi. Vaqt kerak.

"Hukumat oldida og'ir vazifalar va sinovlar turibdi. Islohotlar boshlanganini olqishlaymiz va muvaffaqiyat tilaymiz. Majburiy mehnat chuqur muammo ekani tan olinar ekan, biz unga qarshi kurashda yordam berishni istaymiz. Shu bilan birga o'z pozitsiyamizni ham ochiq aytamiz. O'zbekistonda majburiy mehnat bartaraf etilmagan. Xalqaro Mehnat Tashkilotining o'zi yuzlab ming hollar haqida hisobot bermoqda. Bu degani yuzlab ming odamlar majburan ishlatilmoqda. Ta'lim va sog'liqni saqlash sohasi xodimlari har yili dalaga olib chiqiladi. Bu hammaga ma'lum holat. Shunday ekan, real kurash mana endi boshlanishi kerak", - deydi Boychenko.

"Paxta kampaniyasi" singari G'arb tashkilotlari O'zbekiston mentalitetini tushunmaydi va ichki ishlarga aralashmasligi kerak, degan qarshilikka Boychenko shunday javob beradi:

"O'zbekiston xalqaro hamjamiyatning to'laqonli a'zosi bo'lish uchun xalqaro bitimlar va qonunlarni qabul qilgan. Shunday ekan, xalqaro qonun va me'yorlarga bosh egishga majbur. Biz hukumatga umumbashariy huquqlarni buzmang yoki buzilishiga yo'l qo'ymang, deyapmiz. Bu hammaga qo'yiladigan va hamma bajarishi kerak bo'lgan talab".

Uzbekistan-Cotton Campaign: Time for Cooperation?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:19:16 0:00

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America and a leading Washington-based authority on geopolitics and national development in Central Asia. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for over 15 years on TV, radio and online. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented nearly 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She is frequently asked to speak on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences, including the U.S. Foreign Service Institute, Princeton University, Columbia University, Johns Hopkins University, Georgetown University, George Washington University, Michigan State University, the University of Wisconsin, Northeastern University, and her alma mater Harvard University. Her essays on the region have been published in journals and edited volumes, including Central Eurasian Studies Review and Demokratizatsiya: The Journal of Post-Soviet Democratization.

    She began her career at the Uzbek state broadcaster. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from Maharaja’s College at the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG