Breaking News

Ijtimoiy tarmoqlar ta'sirini o'rganish uchun 50 million dollarlik grant


Indoneziya ko'chalarida
Indoneziya ko'chalarida

Jurnalistika sohasini quvvatlovchi jamg'arma ijtimoiy tarmoqlar va texnologiya demokratik jarayonlarga qanchalik ta'sir qilayotganini aniqlash uchun 50 million dollarga yaqin mablag' ajratmoqda.

Mayamida asoslangan Knight Foundation (Nayt fondi) "Facebook" va "Twitter" kabi global platformalarni siyosiy nayranglar yo'lida xizmat qilayotganlikda tanqid qilib, axborot texnologiyalari asrida ishonchli ma'lumot tarqatishni targ'ib qiladi.

11 universitet va tadqiqot markazi Nayt fondi grantini oladi. Jamg'arma aka-uka Jon va Jeyms Nayt degan noshirlardan qolgan merosdir.

Izlanishlarda xususan saylovlar paytida ijtimoiy tarmoqlarning roli tahlil qilinadi. Shuningdek, OAV faoliyati ijtimoiy tarmoqlar bilan qanchalik qorishib ketgani va jurnalistika naqadar o'zgargani ham o'rganiladi.

Nayt fondi nazarida jamiyatlarda e'tiborni masala va muammolarga qaratish kerak, hissiyotlarga emas. Faktlarni yig'ib, ularni analiz qilish chetda qolib, hatto jurnalistlar ham hissiyot va sensatsiya ketidan chopmoqda degan tanqid kuchli.

Bu borada fond bilan hamfikr va hamkor oliygohlar - Nyu-York universiteti, Karnegi Melon universiteti, Jorj Vashington universiteti, Shimoliy Karolina universiteti, Vashington universiteti, Indiana universiteti, Stenford universiteti, Texas universiteti, Uiskonsin universiteti, Yel universiteti hamda Ma'lumot va jamiyat tadqiqoti instituti. Grantlar shu dargohlarga beriladi. Har bir universitet 2 milliondan 5 million dollargacha oladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG