Breaking News

Global iqtisod susaygan


Tokio ko'chalarida
Tokio ko'chalarida

Parijda asoslangan Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti tahlilicha, jahon iqtisodiyoti sekinlashgan va u kelasi ikki yilda jadallashmasligi mumkin.

Muammolar talay, ularga qarshi har bir davlat alohida va boshqalar bilan birga chora ko'rishi kerak, deydi mutaxassislar, lekin susayish davom etishidan darak beruvchi omillar ko'p.

“O'sish to'xtamaydi, lekin yuqori darajada bo'lmaydi. Bu ancha davom etishi mumkin", - deya tushuntiradi tashkilot bosh eksperti Lorens Bun.

Sabab? Yirik davlatlar orasidagi savdo urushlari, tijoriy cheklovlar, iqlimdagi salbiy holatlarning ta'siri bois vujudga kelgan muammolarga befarqlik va xaridorning o'z boshqaruv tizimlariga nisbatan ishonchi pasayib ketgani. Sarmoya qilish har bir darajada pasaygan.

“Investitsiya sekinlashishi iqtisodiyotlarni ishdan chiqaradi. Sarmoyaning muntazam ravishda yetishmasligi siz tasavvur qilmagan muammolarga ham yetaklaydi", - deya ogohlantiradi Bun.

2008-yildagi iqtisodiy inqirozdan chiqqanidan beri jahon iqtisodida bunchalik sekinlashish kuzatilmagan. Kelasi yil global o'sish 2,9 foizda bo'ladi. Bu yil ham shunday.

Markaziy banklar vaziyatni o'nglash uchun harakat qila boshlagan va bu yaxshi, deydi Bun.

Jahon Savdo Tashkilotiga ko'ra, katta yigirmalikdagi 19 davlatda importga taqiqlar davom etar ekan, o'tgan olti oyda 460 milliard dollarlik tovar zarar ko'rgan.

Xitoy va AQSh orasidagi savdo mojarosi - eng yirik masala. Hukumatlar muzokarada, lekin qachon qanday kelishuvga kelinadi va bu bilan vaziyat o'nglanadimi? Mutaxassislar orasida umidsizlik hukmron.

Asosan rivojlangan mamlakatlar bilan ishlaydigan Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti ham Vashington va Pekin orasidagi tijoriy nizolar yaqinda kelajakda barham topadi deya xulosa qilmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG