Breaking News

Afg’oniston shimolida Tolibonga qarshi operatsiya qachon boshlanadi?


Afg'on qurolli kuchlari, yanvar, 2020

Afg’onistonning shimoliy viloyatlarida xavfsizlik masalasi og’irlashib bormoqda. Hukumat bu hududlarda toliblarga qarshi operatsiya o’tkazmoqchi. Afg’oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Hamdullah Muhib vaziyatni o’rganish uchun Balx va Juzjon viloyatlariga safar qilgan. Hamidulla Muhib Shibirg’on shahrida yashovchi Vitse-prezident general Abdul Rashid Do’stum bilan ushrashib, uning maslahatini olgan.

“General Do’stum bilan uchrashishdan maqsad Afg’oniston Vitse-prezidentining maslahatlari, fikr-mulohazalaridan operatsiyalarda foydalanish bo’lgan”,- deydi Hamidulla Muhib.

Bahorda odatda toliblar hujumlarni kuchaytiradi.

“Ma’lumotlarimizga ko’ra, toliblar shimoliy viloyatlarning barcha hududlari xavfsizligini buzishga tayyorgarlik ko’rmoqda. Biz ham albatta tayyor turishimiz kerak. Shimoldagi ba’zi bir harbiy rahbarlarni yangiladik, bu yetarli emas, qo’shimcha choralar ham ko’ryapmiz. Toliblar hujumlari boshlamasdan avval biz ularga yo’l bermasdan ehtimoliy fojialar oldini olishga harakat qilyapmiz”,- deydi Hamidulla Muhib.

Bundan avval ham bir necha harbiy rasmiylar jumlagan, AQShning Afg’nistondagi harbiy qo’mondonlari va mamlakat qurolli kuchlari rahbarlari Do’stum bilan muloqot chog’ida shimoliy viloyatlarda harbiy amaliyotlar boshlanishi haqida aytgan edi.

“Xalqqa va’damiz shuki, toliblarni bunday balandparvozligidan tushiramiz”,- deydi Do’stum.

Hozirgi kunda Markaziy Osiyo bilan chegaradosh viloyatlarning katta hududlari toliblar nazoratida.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG