Breaking News

Koronavirus Oq uyga ham yetib keldi


Keyti Miller, Vitse-prezident Mayk Pensning matbuot kotibi

Oq uyda ayni damda ikki xodim koronavirus bilan olishmoqda. Biri Prezident Donald Trampning shaxsiy xizmatchisi, ikkinchisi esa Vitse-prezident Mayk Pensning matbuot kotibi Keyti Miller. Pens test topshirgan, virus aniqlanmagan.

Lekin vitse-prezident va Oq uyning pandemiya bo'yicha bosh maslahatchisi Antoni Fauchi izolyatsiyada ishlamoqda, vaholanki u ham ko'rikdan o'tgan va virus aniqlanmagan.

AQShda hozir 1,3 million odam kasallikni yuqtirgan. O'lganlar 80 mingdan oshdi. O'n miglab insonlar tuzalgan.

Virus eng keng tarqalgan shtat Nyu-York bo'lib, 335 mingdan ziyod odam virus yuqtirgan. Vafot etganlar qariyb 27 ming.

Lekin Amerikaning ko'plab shtatlari 15-maydan e'tiboran qisman ochila boshlaydi. Virusdan saqlanish borasidagi choralar keksalar va kasalmand aholi uchun yuqori darajada qoladi, deydi rasmiylar. Har bir shtatda bu boradagi shartlar va qoidalar o'zgarmasligi kutilmoqda.

Mahalliy talablarning asosiylari - o'ta zarur hollardagina tashqariga chiqish, niqob taqish va 10 dan ortiq odamning bir joyga yig'ilmasligini ta'minlash.

Jahon bo'ylab koronavirusni yuqtirganlar hozir 4 milliondan oshgan. Pandemiya 280 mingdan ortiq odamni hayotdan olib ketgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG