Breaking News

Alisher Ilhomov: O'zbekiston Rossiya bosimiga tayyor turishi lozim


Alisher Ilhomov: O'zbekiston Rossiya bosimiga tayyor turishi lozim
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:13 0:00

Toshkent Moskva bilan qarama-qarshilikka tayyor emas, hatto o’zbek tili maqomi yuzasidan ham, deydi Britaniyadan tadqiqotchi Alisher Ilhomov. U rus tilida gaplashuvchi o’zbek ziyolilaridan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiysining yaqinda o’zbek tili haqida aytganlari keskin norozilik uyg’otdi.

Toshkent Moskva bilan qarama-qarshilikka tayyor emas, hatto o’zbek tili maqomi yuzasidan ham, deydi “Amerika Ovozi” bilan gaplashgan tahlilchilar. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarovaning O’zbekistonda o’zbek tilida ish yuritish haqidagi qonun loyihasini mamlakatda ko’pchilik quvvatlamaydi, degan bayonoti jamoatchilikda keskin norozilik uyg’otdi. Deputatlar va vazirlar ham bu munozaraga qo'shildi. O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan sharhda Zaxarovaning ismi keltirilmaydi, lekin til masalasidagi munozaralarda xolislikka chaqiriladi va davlat tili mamlakatning ichki siyosatiga doxilligi, tashqaridan aralashuv maqbul emasligi ta’kidlanadi. Britaniyadagi Markaziy Osiyo instituti tadqiqotchisi Alisher Ilhomov rus tilida gaplashuvchi o’zbek ziyolilari doirasidan. Rus tilida ta’lim olgan, asosan shu tilda muloqot qiladi. Uning fikricha, O'zbekiston Rossiyaning turli bosimlariga tayyor turish lozim.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG