Breaking News
Din

Oq uy: Cherkov va masjidlar ochilsin


Oq uy, 22-may, 2020
Oq uy, 22-may, 2020

Prezident Donald Tramp fikricha, Amerika bo'ylab ibodatxonalar, xususan, cherkovlar, masjidlar, sinagogalar va boshqa diniy dargohlar ommaga ochiladigan payt keldi. Odamlar do'konlarga borayaptimi, demak, ibodatga ham bora olsin, deydi prezident.

Qachon va qanday ochilishni har bir shtatning o'zi hal qiladi. Oq uy gubernatorlarning ishiga aralasha olmaydi, biroq Tramp nazarida ibodatxonalar yopiqligi odamlarning diniy huquqiga zid.

Gubernatorlar buni tushunmasa, deydi prezident, "men o'z vakolatlarimga tayangan holda toat-ibodat uchun sharoit yarataman".

Tramp Amerika qo'rqmasdan ochilaverishi kerak deya har kuni bong urib kelmoda, lekin tizim, federal va mahalliy, bunga shoshmayapti.

Prezidentni yaqindan quvvatlovchi nasroniy guruhlar cheklovlar olib tashlansin, deya qanchalik targ'ib qilmasin, aksariyat amerikaliklar so'rovlarda xavotirini yashirmaydi. Ularga ko'ra, koronavirus yana avj olishi va bu safar oqibatlari yanada og'ir bo'lishi mumkin.

Tramp bayonoti ketidan, hukumat jamoat joylarida salomatlik borasida ogohlantirishlarini yangiladi va chora-tadbirlar haqida yo'riqnoma chiqardi. Katta sonlarda yig'ilmang, masofa saqlang va iloji bo'lsa uyda o'tiring, deyiladi unda.

Merilend shtati
Merilend shtati

Sog'liqni saqlash mutasaddilari 10 dan ortiq odam to'planmasin, deya tavsiya qilib kelmoqda. Amerikaning aksariyat qismida mana shunday mahalliy talablar amalda.

Bizneslar astalik bilan bo'lsa-da, eshigini oshib, yirik do'konlar xaridorlarni qarshilar ekan, Tramp fikricha, ibodat uchun borishga xavfli harakat deb qaramaslik lozim.

Biroq virus keng ko'lamda ayniqsa ibodatxonalarda yuqqani ma'lum.

Masalan, Kaliforniya shtatida taqiqqa qaramay cherkovga borganlar yuzlab odamlar orasida virusni yoygan. Boshqa shtatlarda ham shunday hollar kuzatilgan. Mahalliy rahbarlar shu bois taqiqni hozircha bekor qilmoqchi emas.

Amerikaliklar bu masalada Oq uyga emas, shtat va tuman hokimlariga tayanishini aytadi.

Orlandodagi Al-Buxoriy islom markazi rahbari koronavirus, Ramazon, O'zbekistonda xayriya haqida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:27:12 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG