Breaking News

AQSh-O'zbekiston: Diniy erkinlik kengayishi uchun nima qilmoq zarur?


Uzoq yillardan beri O'zbekistonga "alohida xavotirga molik davlat" deb qarab kelgan AQSh Xalqaro Diniy Erkinlik Komissiyasi endilikda uni boshqa toifaga munosib ko'rmoqda. Nima o'zgardi va bu o'zgarish nimadan darak?

"Alohida xavotirga molik davlat" deb sanalishni "qora ro'yxat" deb ko'rsak, O'zbekiston undan chiqarilayaptimi? Shunday, deydi komissiya a'zolari. "Qora ro'yxatda bo'lish" sanksiyalar qo'yish uchun yo'l ochar edi, yordam va hamkorlikni cheklar edi. Biroq Davlat departamenti komissiya tavsiyalarini chetlab, respublika strategik maqsadlar uchun muhim deya uni bu ro'yxatga qo'shmay kelayotgan edi.

Komissiya 28-aprel kuni e'lon qilgan yillik hisobotida Tramp ma'muriyatiga O'zbekistonga "Maxsus kuzatuvdagi davlat" deb qarashni tavsiya qiladi. Bir necha oy oldin "Amerika Ovozi" komissiya raisi o'rinbosari Nadin Maenza (Nadine Maenza) bilan suhbatlashib, O'zbekistondagi diniy siyosat va tub masalalarni muhokama qilgan edi. U yerda qayd etilgan omillar, so'nggi hisobotga ko'ra, hamon bag'oyat dolzarb.

Komissiyaning yangilangan bahosi Vashingtonda iliq kutib olindi. Toshkent bilan bu sohada hamkorlikni kengaytirish muhokamada. O'zbekiston hukumati ham yangilikni olqishlagan, biroq hali buni rasman bayon etgani yo'q.

"Maxsus kuzatuvdagi davlat" bo'lish O'zbekiston uchun nimani anglatadi? Hal etilishi kerak bo'lgan asosiy muammolar hozir nima?

Nadin Maenza, USCIRF Vice Chair: "Alohida xavotirga molik davlat" deganimizda e'tiqod bilan bog'liq muhit nihoyatda ayanchli, davomiy va sistematik huquqbuzarlik hukmron bir muhitni ko'ramiz. "Maxsus kuzatuvdagi davlat" deganda bundan bir pog'ona past, ya'ni sal tuzukroq holat nazarda tutiladi. AQSh Xalqaro Diniy Erkinlik Komissiyasi O'zbekistonda so'nggi yillardan erishilgan yutuqlarni e'tirof etib, mamlakatni shu ro'yxatga qo'shishni tavsiya qilmoqda. Ya'ni, diniy huquqlar hamon qo'pol ravishda buzilishini bilamiz, ammo mamlakatda vaziyatni tuzatish tomon intilish bor. Biz kuzatishda davom etib, ahvolni yaxshilashda yordamlashmoqchimiz. Diniy jamoalarga bosim pasaygan bo'lsa-da, qonunlar o'zgarmagan. 1998-yilda qabul qilingan qonun diniy erkinlikka jiddiy tahdid soladi. Hukumat bu borada o'zgarishlar qilishga moyil ekanini bildirmoqda va shu tomon ketayapti, nazarimizda.

AQSh O'zbekiston bilan qanday ishlashi kerak? Respublikada diniy erkinlikni kengaytirishda Vashington rolini qanday ko'rasiz?

Nadin Maenza, USCIRF Vice Chair: Komissiyamiz Amerika hukumatiga O'zbekiston bilan yaqindan ishlashni tavsiya qiladi, xususan din bilan bog'liq qonunlarni yangilash, xalqaro qonun va me'yorlarga rioya qiish va diniy tashkilotlarni ro'yxatga olish va ular faoliyatini nazorat etish bilan bog'liq islohotlarni amalga oshirishda. Vashington, shuningdek, O'zbekiston rahbariyati bilan yana bir masalani jiddiy muhokama qilishi kerak: diniy faoliyati va e'tiqodi uchun qamalgan insonlar ishini qayta ko'rib chiqib, adolatsiz qamalganlarni ozod etish. [Hisobotda bu borada alohida qism bor].

Markaziy Osiyoda e'tiqod erkinligi bilan bog'liq vaziyatni qanday baholaysiz?

Nadin Maenza, USCIRF Vice Chair: Markaziy Osiyo bo'ylab, Xitoydan o'rnak olinayotganiga guvohmiz, ayniqsa maxfiy kuzatuv vositalarini qo'llashda. Bu bizni xavotirga soladi. Shu bilan birga davlatlar bizning komissiya va AQSh hukumati bilan diniy erkinlik masalalarini muhokama qilayapti. Ular muammolarni hal etish uchun konkret choralar izlay boshlagan, kuzatishimizcha. Biz bu harakatlarni quvvatlaymiz. AQSh hukumati yordam bersin, deymiz. O'zbekistonda qilinayotgan o'zgarishglar qo'shni mamlakatlarda ham bo'lsin, deymiz. AQSh bu sohada ko'maklasha oladi. Ekspert maslahatlar bilan, masalan. Bu mavzuda yuqori darajali dialog olib borish mumkin. Maqsad ezgu: e'tiqod erkinligi keng jamiyatlar boshqalariga qaraganda barqarorroq, farovonroq. Biz Markaziy Osiyo davlatlari shunday mamlakatlar qatorida bo'lishini istaymiz.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and The Atlantic. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG