Breaking News

AQSh maxsus elchisi Tolibon, Pokiston va Afg'oniston bilan muloqotda


AQSh Davlat departamentiga ko'ra, maxsus vakil Zalmay Xalilzodning hozirgi asosiy maqsadi - Afg'onistonda barqarorlikni ta'minlashda muhim rol o'ynaydigan tomonlarni tinchlik muzokaralariga tayyorlash.
AQSh Davlat departamentiga ko'ra, maxsus vakil Zalmay Xalilzodning hozirgi asosiy maqsadi - Afg'onistonda barqarorlikni ta'minlashda muhim rol o'ynaydigan tomonlarni tinchlik muzokaralariga tayyorlash.

AQShning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod Qatarda Tolibon rasmiylari bilan uchrashdi. So'ngra diplomat Islomobodda Pokiston hukumati bilan gaplashdi. Kobulda ham muloqot rejalangan.

Xalilzodga Tolibon bilan muloqotda general Skott Miller hamrohlik qildi. Miller - Afg'onistondagi xalqaro koalitsiya qo'mondoni.

“Tomonlar mahbuslarni ozod etishni tezlashtirish xususida fikr almashdi”, - deya tvit qildi Suhayl Shahin, Tolibonning Qatardagi so'zlovchisi.

Xalilzod va Millar bilan 7-iyun kuni kechgan uchrashuvda Tolibon tarafdan Mulla Abdul G'ani Birodar, harakatning siyosiy masalalar bo'yicha lideri, boshchilik qildi. Qatar Tashqi ishlar vazirligidan maxsus vakil Mutlaq al-Qahtaniy qatnashdi.

Davlat departamentiga ko'ra, Xalilzodning hozirgi asosiy maqsadi - Afg'onistonda barqarorlikni ta'minlashda muhim rol o'ynaydigan tomonlarni tinchlik muzokaralariga tayyorlash.

Ozodlikka chiqqan toliblar
Ozodlikka chiqqan toliblar

Tolibonning sharti shuki, markaziy hukumat kamida besh ming mahbusni ozod etishi kerak. Buning evaziga harakat qo'lidagi bir ming afg'onni qo'yib yuborishi lozim. Hozirgacha Tolibon 460, markaziy hukumat esa 2700 ga yaqin asirni chiqargan.

Boshqa tarafdan esa hujumlar tinmayapti. Afg'oniston xavfsizlik kuchlariga xurujlarda o'nlab insonlar o'lgan. Tolibon bu hujumlar uning ishi ekanini tan olmoqda. Hukumat jangarilariga qarshi harakatlarni kuchaytirmoqda.

Biroq toliblar Amerika harbiylariga hamla qilmaslikka so'z bergan. Vashington bilan kelishuvga binoan bu kuchlar mamlakatdan 2021-yilning o'rtasiga chiqib ketishi kerak. AQSh hozirda jangarilarni nishonga olmayapti.

Tolibon va markaziy hukumat orasidagi sulh muddati bitgach, hujumlar avj olgani tinchlik emas, beqarorlik davom etayotganidan darak.

Kobul bozorlarida
Kobul bozorlarida

Amerika Tolibon bilan alohida bitimga ega ekani, Prezident Ashraf G'ani boshqaruvi zaifligi, milliy birdamlik yetishmasligi, nochor iqtisodiy ahvol - bu omillar xalq orasida umidsizlikni oshirgan. "Amerika Ovozi" bilan gaplashganida afg'onlar Vashington va Kobulni, jangarilar va mahalliy liderlarni birdek qoralaydi.

Xalilzod Qatardan Pokistonga borgan va Islomobodda bu davlat bosh harbiysi general Qamar Javed Bajva bilan uchrashgan. Pokiston Afg'oniston bilan chegara hududlarida harbiylar sonini oshirmoqda. Mamlakatda uch millionga yaqin afg'on qochqin yashaydi.

General Bajvaning Amerika diplomatiga bildirishicha, Pokiston tinchlik istaydi va tinchlik muzokaralarini quvvatlaydi.

Pokiston Tolibon bilan yaqindan aloqada, uning liderlariga boshpana bergan. Bu davlat rasmiylari Vashingtonga toliblar murosada ko'maklashayotganini qayd etib keladi.

Xalilzod Kobulda ham uchrashuvlar o'tkazar ekan, AQSh bu safar har uch tomon bilan birdek muvaffaqiyatli ishlay oladimi degan savol hukmron.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG