Breaking News

Tramp: Testlarni to'xtatsak, kamroq bemor aniqlanadi


AQSh prezidenti va vitse-prezidenti nazarida koronavirus pandemiyasining eng og'ir damlari ortda qoldi. Sog'liqni saqlash mutassaddilari qanchalik xavotirlanmasin, Oq uyga ko'ra, raqamlar pasayishda davom etadi.

Vashington universiteti olimlari taxminicha, hozirgi ko'rsatkichlariga qarab hisoblaganda, bu yilning 1-oktabrigacha virusdan o'lganlar soni Amerikada 201 ming 129 nafarga yetishi mumkin.

15-iyunga qadar Amerikada kasallikdan vafot etganlar 116 mingni tashkil etsa, unga chalinganlar 2,1 million.

"Testlarni hozir to'xtatsak, bemorlar soni ham kamayadi", - deya ishonch bildirmoqda Prezident Donald Tramp.

Uning fikricha, test salomatlik nuqtai nazaridan foyda, lekin mamlakatdagi vaziyatni og'ir qilib ham ko'rsatmoqda.

"AQShdagi test ko'lamini boshqa biror rivojlangan davlatda ko'rmaysiz", - deydi Tramp.

Uning aytishicha, test imkoniyati kengligi oshkoralik, hukumatning bu boradagi say-harakatlari va to'g'ri siyosatidan darak.

Lekin yuqoridagi gaplari sabab Tramp qattiq tanqid ostida. Prezident boshidan koronavirusga jiddiy qaramadi, hamon shu, deya javob qildi ayrim amerikaliklar, Trampning bugungi tvitlariga nisbatan.

Shtatlar ketma-ket ochilar ekan, sog'liqni saqlash bo'yicha mutaxassislar ikkinchi to'lqindan ogohlantirmoqda.

Prezident Mayk Pens esa kasalxonaga yotayotganlar kamayganiga e'tibor qaratmoqda. Lekin Texasdek yirik shtatda va uning eng katta shahri Hyustonda buning aksi.

Tramp bu hafta Oklaxoma shtatiga borib, saylovchilar bilan uchrashmoqchi. Bu shtat rasmiylari odamlar katta sonda to'planishi xavfli deya eslatmoqda. Prezident fikricha, xavotir o'rinsiz. Tadbirga 20 mingga yaqin odam kelishi mumkin. Qatnashuvchilar tekshiruvdan o'tadi.

Demokratlar nazarida respublikachi prezidentning keng jamoatchilik bilan uchrasha boshlashi mas'uliyatsizlik bo'ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG