Breaking News

Karantinning qayta tiklanishi siyosiy sabablarga bog’liqmi?


President Shavkat Mirziyoyev Uzbekistan

Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga doir vaziyatni keskin tanqid qilib kelmoqda. O’zbekistonda bu borada vaziyat og’irlashgan. O’lim holatlari jiddiy ortgan. Sog’liqni saqlash tizimi ishdan chiqqani, kasallik rahbariyat orasida ham keng tarqayotganiga doir xabarlar ko’paydi. Bu xavotirlar jamoatchilik orasida ham, hukumatda ham ta’kidlanmoqda.

Bu tashvishli xabarlar soyasida mamlakat yana keskin karantin choralariga qaytdi, mamlakatda shaharlar yopildi, aholi qatnovi cheklandi.

Koronaviruvga doir oxirgi rasmiy ko’rsatkichlarga ko’ra O’zbekistonda kasallanganlar soni 17 mingdan, o’lim ko’rsatkichlari 100 ga yaqinlashgan.

Ammo ayrim sharhlovchilar nazarida, bu rasmiy ko’rsatkichlar mamlakatda karantin qayta joriy etilishiga asos emas; hukumat haqiqiy vaziyatni jamoatchilikda yashirayotgan yoki karantin choralarini qayta tiklash ortida boshqa siyosiy maqsadlar bor bo'lishi mumkin.

Turkiyada yashayotgan o’zbek muxolifati faollaridan biri Namoz Normo’min mutaxassisligiga ko’ra shifokor.

Uning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, Turkiyadagi koronavirusga doir rasmiy ko’rsatkichlar O’zbekistondagi vaziyatdan bir necha bor og’ir, ammo mamlakat karantindan voz kechmoqda.

Namoz Normo’min tahlilicha, O’zbekistondagi koronavirusga doir rasmiy ko’rsatkichlar mamlakatda karantin qayta tiklanishiga asos bermaydi. Real vaziyat hukumat aytayotganidan ancha og’ir yoki karantin tiklanishi ortida siyosiy maqsadlar yotibdi, deydi u. Muloqotni tomosha qiling.

Namoz Normo'min: O'zbekistondagi karantin qanchalik asosli?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:13 0:00

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG