Breaking News

Inauguratsiya kuni Vashingtonni 25 ming askar qo'riqlaydi


Milliy gvardiya askarlari Kapitoliy binosini qo'riqlamoqda, 2021-yil, 18-yanvar
Milliy gvardiya askarlari Kapitoliy binosini qo'riqlamoqda, 2021-yil, 18-yanvar

AQShda Jo Baydenning 20-yanvar kuni bo’ladigan prezidentlik qasamyodi marosimi oldidan poytaxtni 25 ming Milliy gvardiya askarlari qo’riqlamoqda.

Tabiiy ofatlar, namoyishlar va harbiy amaliyotlar kabi turli favqulodda holatlar yuz berganda, Milliy gvardiya askarlari safarbar etiladi.

Gvardiya zaxirasida doktorlar, muhandislar, oddiy ofis ishchilari va hatto talabalar bor. Agar favqulodda holat yuz bersa, ular o’sha kuniyoq xizmatga chaqiriladi.

“Konstitusiya ijodkorlari boshida muntazam armiya yaratishni xohlamagan, fuqaro askarlarga tayanishni istagan. Safarbarlik e’lon qilinsa, dehqonlar qo’liga qurolini olib, xizmatga otlanishi ko’zda tutilgan”, - deydi Dyuk universiteti tadqiqotchisi Piter Fiver.

Miliy gvardiyaga qo’shilish uchun 17 va 35 yosh orasida bo’lish kerak. A’zolar har oy kamida ikki kun treningda qatnashadi va bir yilda ikki hafta harbiy tayyorgarlik kurslaridan o’tadi.

“Armiyaga to’liq qo’shilmasdan mamlakatga xizmat qilish imkoniyati bu. O’z uyida turib, doimiy ishidan ajralmagan holda xizmat qilishni xohlaydiganlar ko’p”, - deydi Kanzas universiteti professori Bes Beyli.

Xalqaro hayot - 18-yanvar, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:47 0:00

AQSh Milliy gvardiyasining 54 ta bo’linmasi bor. Ular har bir shtatda, poytaxt Vashington, Puerto-Riko, Guam va Virginiya orollarida joylashgan.

Koronavirus pandemiyasi boshlangandan beri ular mahalliy kasalxonalarga ham yordam bermoqda.

“Ishimning bir qismi bu. Menga yoqadi. Harbiy bo’lishdan maqsadim shu edi. Mamlakatimga, jamiyatga yordam berishni istayman”, - deydi Milliy gvardiya a’zosi Kristofer Lambert-Louson.

Bu askarlar harbiy tayyorgarlikdan o’tsa ham, mahalliy amaliyotlarda, odatda, qurol olib yurmaydi.

“1970-yil Ogayo shtati gubernatori ixtiyoridagi gvardiya askarlari Kent davlat universitetida Vyetnam urushiga qarshi namoyischilarga o’t ochgandan keyin Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya yetakchilari ularning qurollangan holda yurishini istamay qo’ygan”, - deydi Beyli.

6-yanvar kuni Prezident Donald Tramp tarafdorlari Kongress binosiga bostirib kirgach, poytaxtga Milliy gvardiya askarlari kiritildi. Pentagonga ko’ra, inauguratsiya kuni 20 mingga yaqin askar Kapitoliy va uning atrofini qo’riqlaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG