Breaking News

Kaliforniyaning yangi, bahsli qonunlari


Plastik paketchalardagi ketchupdan tortib, shaxsiy gigiyena vositalarigacha. Kaliforniya gubernatori Gavin Nyusom yaqinda qator qarorlarga imzo chekdi.

Aksariyat tashabbuslar demokratlar tomonidan qo’llab-quvvatlandi, konservatorlar tomonidan esa qarshilikka uchradi.

Masalan, demokrat gubernator imzolagan bir qonunga ko’ra, Kaliforniyada maktab hojatxonalari ayollar shaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlanishi shart.

Kaliforniyaning yangi qonunlari: plastik mahsulotlar, gigiyena vositalari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:21 0:00

Qonun juda bahsli bo’lmasa-da, qarshi chiqqanlar bor.

“Hech narsa tekin emas. Bu shuni bildiradiki, endi soliq to’lovchilar shunga ham pul to’laydi. Men, siz va boshqa soliq to’lovchilar kimningdir gigiyena vositasiga pul to’lashimiz kerakmi? Ahmoqgarchilik!”, - deydi respublikachi siyosatchi Agnes Gibboni.

Yana bir qonunga ko’ra, do’konlarda qiz va o’g’il bolalarning o’yinchoq va tish cho’tkalari aralash holatda qo’yilishi kerak. Mahsulotni bolalarning jinsiga qarab ajratib qo’yish taqiqlanmaydi, ammo gender jihatdan neytral javonlar ham bo’lishi lozim. Qonun 2024-yilda kuchga kiradi.

Los-Anjeleslik fuqaro Elanda qonunni ma’qullaydi. “Gender jihatdan neytral bo’lgani yaxshi, ayol va erkakning ajratilmagani yaxshi”,- deydi u.

Yana bir qonun jinsiy aloqa vaqtida ikkinchi tomonning roziligisiz himoya vositasini yechib tashlashni man etadi, ikkinchi tomonga sudga shikoyat qilish huquqini beradi.

Ko’pchilik buni shaxsiy hayotga aralashuv deb baholamoqda.

“Bu shaxsiy masala…. Sherigingiz bilan kelishasiz, to’g’rimi? Nima keragi bor, tushunmayman”, - deydi Endryu ismli kaliforniyalik bir fuqaro.

Brayan ismli boshqa yana boshqa bir fuqaro qonunni qo’llab-quvvatlaydi. “Vijdonsiz xatti-harakatlar jazolanishining tarafdoriman”, - deydi u.

Yana bir qonun 2025-2026-yildan boshlab yuqori sinflarda etnik guruhlarga bag’ishlangan fanning o’qitilishini talab qiladi.

“Etnik guruhlarni o’qitishga qaratilgan fan yaxshi g’oya. Kaliforniyada ko’pchilik o’z qobig’ida yashaydi”, - deydi Troy ismli bir los-anjeleslik.

“Etnik fanlar o’qitilishi menga yoqadi, qora tanli sifatida, bizga maktabda o’qitilmagan bu. Kollejga kirganimdagina bir qancha kurslar olganman”, – deydi Brayan ismli yana boshqa bir kaliforniyalik.

Ba’zi respublikachi siyosatchilar esa bu qonunga qarshilik ko’rsatmoqda. Respublikachi siyosatchi Agnes Gibboneyga ko’ra, qonun irqchilikka asoslangan.

Imzo chekilgan qonunlar orasida benzinda ishlaydigan chim o’ruvchi mashinalar sotishni taqiqlash, restoranlarda mijozlar so’ramasa, plastik qoshiq, vilka va hatto plastik paketchalardagi ketchuplarni bermaslikka oid qonunlar ham bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG