Breaking News

Xitoy bilan aloqalar keskinlashuvi fonida AQSh yangi avianosetsni ishga tushirdi


AQShning eng yangi va texnologik jihatdan eng ilg’or samolyot tashuvchi kemasi yaqinda ishga tushdi va Shimoliy Atlantikada harbiy mashg’ulotlarda qatnashmoqda.

“USS Jerald Ford” barcha sinovlardan o’tib bo’lgan. Kapitan Pol Lanzilotta unga qo’mondonlik qiladi.

“Dengiz flotining eng qudratli jangovar kemasi bu. Unga teng keladigani yo’q”, - deydi kapitan.

“USS Jerald Ford” – AQShning yangi aviatashuvchisi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:06 0:00

“Nimitz” sinfidagi aviatashuvchilar bilan qiyoslaganda “USS Ford”ga katta o’zgartirishlar kiritilgan. Parvoz palubasi uzunroq va kengroq. Kemaning “orol” deb ataluvchi qismi orqaga surilib, samolyotlar uchishi va qo’nishi uchun ko’proq joy ajratildi.

“O’zgartirishlar natijasini ko’rib turibman. Deyarli ikki yildan beri kemaga komandirlik qilayapman. Samolyotlar qanday ko’tarilishi, qo’nishini kuzataman. Boshqa aviatashuvchilarga qaraganda 30 foiz ko’proq parvozlarni amalga oshirish mumkin”, - deydi Lanzilotta.

Uchayotganda boshlang’ich tezlikni beruvchi katapultalar va samolyot qo’nganda uni to’xtatuvchi moslamani elektromagnitlar quvvatlantiradi.

Kemaning operatsion tizimlari ham yangi, bug’ bilan ishlaydigan texnologiyadan farqli. Samolyotga va kemaga ziyoni kamroq. Og’ir va yengil uchoqlarga, deylik dronlarga, moslash ham mumkin.

“Uchuvchisiz tizimlar haqida gap ketyapti. “Nimitz” toifasidagi tashuvchilardan shunisi bilan farq qiladi”, - deydi kapitan Deril Trent.

Amaliyotlarni sekinlashtiruvchi yoqilg’i shlanglarini ham ko’rmaysiz. Ular kemadagi maxsus quduqlarga o’rnatilgan.

“Zarba berish qobiliyati eskadron hajmiga bog’liq. Qancha ko’p samolyot, o’q-dori va qurollarni kemada saqlay olsak, jangovar vaziyatda qo’mondon foydalanishi mumkin bo’lgan imkoniyatlar shuncha ko’p bo’ladi”, - deydi kontradmiral Greg Xaffman.

Jangovar vaziyat deganda ko’pchilik Tayvanni zarur bo’lsa kuch bilan o’z nazoratiga olishini bildirgan Xitoyni ko’z oldiga keltiradi.

AQSh dengiz floti dunyoda eng kuchlisi hisoblanadi. Lekin, deydi ekspertlar, Tinch okeanida Tayvan uchun jangda AQSh g’alabasi kafolatlangan emas, chunki Xitoy geografik jihatdan ustunlikka ega.

“Ularning imkoniyati va bizning imkoniyatlarimiz shundayki, jangda hech bir tomon g’alaba qilishiga kafolat yo’q”, - deydi tahlilchi Bryus Jouns.

Uning aytishicha, “USS Ford” bilan AQSh arsenali kuchaygan bo’lsa-da, Xitoydan bir qadam oldinda bo’lish uchun dengiz flotini rivojlantirishda davom etish kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG