Breaking News

Kapitoliy hujumidan ikki yil o’tib, AQShda demokratiya ahvoli qanday?


Jo Bayden 2021-yilda lavozimiga kirishganida Amerika demokratiyasiga bo’lgan ishonchni tiklashga umid qilgan edi. Oradan ikki yil o’tib, nima o’zgardi?

Prezident Jo Bayden va uning Demokratik partiyasi yaqinda o’tgan saylovda Senatda ko’pchilik o’rinlarini saqlab qoldi, ammo Vakillar palatasini boy berdi. Muhimi, deydi prezident, saylovchilar 2020-yilgi prezidentlik saylovlari adolatsiz o’tganini da’vo qilgan ko’plab nomzodlarni rad etdi.

“Demokratiyamiz so’nggi yillarda sinovlar bilan yuzlashdi. Biroq amerikaliklar o’z ovozi bilan demokratiyani qadrlashini yana bir bor ko’rsatdi”, - deydi AQSh rahbari.

2021-yilda Kapitoliyga hujumdan buyon 900 dan ziyod odamga voqea yuzasidan ayblov qo’yilgan. Sobiq prezident Donald Trampga qarshi sud ishlari ham davom etmoqda.

Har ikki partiya oraliq saylov natijalarini tan olgan. “Nyu-York Tayms” gazetasi sharhlovchisi Tomas Fridman fikricha, Amerikaning demokratik institutlari mustahkam.

“Ajoyib bir narsa ro’y berdi. Prinsipial respublikachilar, demokratlar va mustaqil saylovchilar to’planib, hokimiyat tinch yo’l bilan almashishiga xavf tug’dirayotgan odamlarni aniqlab - ular qanday lavozimga saylanayotgan bo’lmasin – birma-bir mag’lub etishdi. Bu odamlar saylana olmadi”, - deydi Fridman.

Bayden va Davlat kotibi Entoni Blinkenning ta’kidlashicha, Xitoy va Eronda namoyishlar bostirilishi, shuningdek, Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi demokratiya va avtoritarizm o’rtasidagi kurashni aks ettiradi.

“Avtoritarizm jadal qadam tashlashiga, jumladan, Xitoyning AQSh bilan raqobatlashish ambitsiyasiga, Rossiyaning demokratiyamizga zarar yetkazishga intilishiga tayyor turishimiz kerak”, - deydi Bayden.

Ammo bir tahlilchining “Amerika Ovozi” bilan suhbatda aytishicha, Lotin Amerikasi va Janubi-Sharqiy Osiyodagi avtoritar tuzumlarga qarshi turishga kelganda demokratiya haqidagi bayonotlar va siyosat bir-biriga mos emas.

“Bayonotlar yaxshi, lekin amalda effektiv qarorlar qabul qilinmagan. Savdo siyosatini oling. Masalan, Hindiston va Indoneziyaga AQSh bilan yaqin hamkorlik evaziga ularning aholisiga foyda keltiruvchi qadamlar tashlamadik”, - deydi Amerika Biznes instituti tadqiqotchisi Dalibor Rohach.

Boshqa tandiqchilar deydiki, Xitoydagi kovid cheklovlari bilan bog’liq namoyishlar va ularning bostirilishi, shuningdek, Eronda 22 yoshli Mahsa Aminiy o’limi ketidan boshlangan norozilik aksiyalari haqida Bayden dadil gapirishi kerak edi.

Sobiq vitse-prezident Mayk Pens Oq uyni yondashuvni o’zgartirishga chaqirmoqda. Barak Obama ham, deydi u, Eronda 2009-yilda o’tgan o’xshash namoyishlarni jim kuzatib turgan va xató qilganini tan olgan.

“Prezident Bayden maslahatlarga quloq tutsin. Menga bo’lmasa ham u bilan birga ishlagan prezidentga quloq tutsin. Amerika Xitoy xalqi nomidan gapirishi kerak”, - deydi Pens.

Bayden qanday qilib boshqa davlatlarni demokratiyani mustahkamlashga ishontira olishi xususida fikrlar turlicha. Rossiyaning urushi dunyoni shu qadar beqarorlikka yetakladiki, deydi ba’zilar, AQSh avtokrat rahbarlarga qarshi global kurashni barqarorlik va beqarorlik o’rtasidagi tanlov sifatida belgilagani ma’qul.

Xalqaro hayot – 9-dekabr, 2022
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:57 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG