Breaking News

Tramp Rossiyaga ultimatum qo’ydi


Saylov kampaniyasi paytida Rossiya-Ukraina urushini bir kunda tugatishga so’z bergan Donald Tramp mojaroga yakun yasash maqsadida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan imkon qadar tez uchrashmoqchi ekanini bildirmoqda.

Xalqaro hayot - 24-yanvar, 2025-yil - Tramp Rossiyaga ultimatum qo’ydi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:19 0:00

Tramp o’ziga qarashli ijtimoiy tarmoqda Rossiyaga ultimatum q’oydi – agar Putin urushni to’xtatmasa, Rossiyaga sanksiyalar va tariflar kuchaytirilishi haqida ogohlantirdi.

“Rossiya va Ukraina o’rtasida tinchlikka erishishga qaratilgan harakatlarimiz avjida. Bu ishni oxirigacha yetkazish juda muhim”, - deydi Tramp.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Tramp do’q-po’pisasida Rossiya uchun hech bir yangilik yo’qligini aytadi.

"Biror yangi narsani ko’rmayapmiz. Muloqotga tayyormiz”, - dedi Peskov.

Tramp ijtimoiy sahifasidagi postida Ikkinchi jahon urushida Rossiya AQShga g’alaba qozonishda yordam berganini, Rossiya 60 million odam yo’qotganini aytadi, biroq tarixdan xabardor odamlar urushda Sovet Ittifoqining 27 million fuqarosi nobud bo’lganini, amerikalik askarlar urush tugashiga bir yil qolgandagina Yevropadagi janglarga kirishganini biladi.

Trampning tarix bo’yicha bilimlaridagi ojizligiga qaramay, ayrim amerikalik tahlilchilar ustunlik Tramp tarafida ekanini aytadi.

“U Ukrainani qurollantirishda davom etishi, Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan 300 milliard dollar pulidan foydalanishi mumkin”, - deydi Stiven Payfer.

“AQSh Yevropadagi ittifoqchilari birligini saqlab, Xitoyni o’z tarafiga og’dirishi mumkin”, - deydi Nyu-Xeyven universiteti dotsenti Mettyu Shmidt.

Davosdagi Xalqaro iqtisodiy forumda so’zga chiqqan NATO Bosh kotibi Mark Rutte Yevropa Ittifoqi Ukrainaga moliyaviy yordamni oshirishi kerakligini, Rossiyaning g’alabasi uzoq muddatda alyansga qimmatga tushishini aytdi.

"Gap milliardlar emas, trillionlarda. Chunki agar Ukraina mag’lubiyatga uchrasa, NATOning jilovlash salohiyatini tiklash kerak bo’ladi. Bu esa biz hozir o’ylaganimizdan ancha qimmatga tushadi, chunki xarajatlarimizni oshirish, ishlab chiqarishni kuchaytirishimiz kerak bo’ladi”, - deydi u.

Rutte Ukrainaga to’g’ri kelmaydigan va shoshma-shosharlik bilan erishilgan tinchlik kelishuvi geosiyosiy tomondan katta xato bo’lishini aytdi.

Juma kuni Putin mahalliy muxbir bilan suhbat chog’ida Tramp bilan uchrashib, Ukraina, yoqilg’i uchun narxlar haqida gaplashishga tayyor ekanini aytdi.

“Bugungi voqeliklar asosida, bamaylixotir AQSh va Rossiya manfaatlariga doir sohalarda gaplashish yaxshi bo’ladi”, - dedi Putin.

Tramp Rossiya va Xitoy bilan yadro qurollarini qisqartirish haqida ham gaplashmoqchi ekanini aytadi. Bunga javoban Putinning matbuot kotibi Rossiya rahbari bu masalada muzokaralarni jonlantirishga tayyor ekanini bildirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG