Breaking News

O'zbekistonning eng yaqin biznes hamkorlari kim?


O'zbekiston tashqi savdosi dunyo xaritasida, 2024-yilgi hisob
O'zbekiston tashqi savdosi dunyo xaritasida, 2024-yilgi hisob

O'zbekiston hukumatiga ko'ra, o'tgan bir yil ichida respublikaning tashqi
savdo aylanmasi 65,9 milliard dollarga yetib, 2023-yilga nisbatan 2,4 milliard dollarga, ya'ni 3,8 foizga oshgan.

Mamlakatning eng yirik biznes hamkorlari Xitoy va Rossiyadir, xususan qo'shma korxonalar soni bo'yicha ham. 3400 kompaniya Xitoy sarmoyasi bilan, 2973 kompaniya esa Rossiya kapitali bilan ishlamoqda. Turkiya ham ancha ildamlagan va bu jihatdan uchinchi o'rinda, 1800 qo'shma biznes bilan.

Qo'shni davlatlardan kelgan investitsiya qo'shilgan firmalar ham ko'paygan, xususan Qozog'iston bilan hamkorlikda 1060, Tojikiston bilan 315, Qirg'iziston bilan 283, Turkmaniston bilan 203 ta firma faoliyat yuritadi.

O'zbekistonning eng yirik 10 iqtisodiy sheriklari: Xitoy, Rossiya, Qozog'iston, Turkiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Turkmaniston, Afg'oniston, Fransiya va Hindiston.

Keyingi o'rinlarda AQSh, Qirg'iziston, Belarus, Тojikiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Litva va Eron.

O'zbekistonning eng yirik 10 iqtisodiy hamkori, 2024-yilgi hisob (Statistika qo'mitasi)
O'zbekistonning eng yirik 10 iqtisodiy hamkori, 2024-yilgi hisob (Statistika qo'mitasi)

Tashqi savdo aylanmasida hissasi eng ko'p hududlar - Toshkent shahri, shuningdek, Toshkent, Andijon, Samarqand va Farg'ona viloyatlari.

Eng yuqori ulush Toshkent shahridan - deyarli 42 foiz. Eng oz ulush esa Sirdaryo viloyatidan - 1,2 foiz.

O'zbekiston eksporti - oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki, xomashyo, mineral yoqilgʻi, moy, yog', kimyoviy vositalar, sanoat tovarlari, mashinalar va transport asbob-uskunalari, tayyor buyumlar, oltin va turli xizmatlar.

Importga kelganda ham o'xshash tovarlar oqimi kuzatiladi. Bu borada ham Xitoy, Rossiya, Qozog'iston, Janubiy Koreya va Turkiya O'zbekistonning eng yaqin sheriklaridir.

Eksport qilishda Toshkent shahri va viloyati, Andijon, Navoiy va Farg'ona yetakchi rollarda bo'lsa, importda Toshkent shahri va viloyati, Andijon, Samarqand va Jizzax oldinda.

Sanoat mollarini O'zbekiston eng katta hajmda Rossiya, Xitoy, Qozog'iston, Turkiya va Janubiy Koreyadan sotib oladi.

2024-yilgi hisobdan ma'lumki, Shimoliy Amerika bilan ham biznes o'sib borayapti, o'zaro savdo 1 milliard 140 millionga yaqinlashgan. Eng salmoqlisi AQSh bilan - 882 million dollar, undan 317 million dollari eksport.

Statistika agentligiga ko'ra, O'zbekiston iqtisodiyotida Osiyo birlamchi ahamiyatga ega. O'zaro tijorat 30,4 milliard dollarga yetmoqda.

Keyingi o'rinda esa Yevropa, qariyb 18 milliard dollarlik savdo aylanmasi bilan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG