Breaking News

Ukraina bosh vaziri prezidentlikka da'vosidan voz kechdi


Ukraina Bosh vazirasi Yuliya Timoshenko prezident saylovlari natijasi yuzasidan sudga shikoyatini qaytarib olgan.

“Ukraina sud tizimiga va adolat tiklanishiga ishonch yo’q”, - deydi poygani raqibi Viktor Yanukovichga boy bergan Timoshenko.

Uning fikricha Yanukovich soxta ovozlar hisobiga g’alabani qo’lga kiritgan. Sudga murojaatida Timoshenko 1 million ovozni tekshirishni so’ragan edi.

Yevropalik kuzatuvchilar xulosasiga ko’ra, Ukrainada 7 fevral kuni Yuliya Timoshenko va Viktor Yanukovich o’rtasidagi bellashuv umuman olganganda erkin va adolatli o’tgan.

Rossiyaga xayrixoh arbob sifatida tanilgan Yanukovich, rejadagidek, 25 fevral kuni prezidentlikka qasamyod keltiradi. Rossiya rahbari Dmitriy Medvedev uni g’alaba bilan tabriklab, mart oyida Moskvaga tashrif rejalanmoqda.

XS
SM
MD
LG