Breaking News

Arktika muzlari erib sohilbo’yi shaharlarga xavf solmoqda


Okeanlarda suv sathi tezlikda ko’tarilayotgani dunyo bo’ylab sohilbo’yi shaharlarga xavf solmoqda. Suv shiddat bilan ko'tarilayotgani qisman Arktikadagi o’zgarishlar bilan bog'liq, deydi olimlar.

Arktika muzlari erimoqda. Erigani sayin bu yerda tabiat uyg'onmoqda. Iliq havo mavsumi uzoqroq davom etayapti.

Ekolog Ross Virjiniyaning aytishicha, muzlagan yer qatlami yumshab tabiatda jonlanish boshlangan.

"Ilgari muzlab yotgan jonsiz tuproq endilikda o’z xususiyatini yo’qotib, biologik jonlanishni kuzatyapmiz", - deydi u.

Har bir tirik mavjudot kabi tuproq ham nafas oladi. Olimlar yerning o’simlik o’sish qatlamidagi bakteriya va o’simliklardagi gaz almashinuvini o’lchamoqda. Mikroblardan chiqayotgan karbonat angidrid va metan gazi miqdori olimlarni tashvishlantiradi.

"Bu issiqxonalardagi kabi kuchli gazlar. Harorat ko’tarilishi, erish jarayoni gaz chiqishiga sharoit yaratib, iqlim yanada isishiga olib kelmoqda”, - deydi Ross Virjiniya.

Arktika tabiatiga xos bo’lmagan gaz almashinuvi sikli muhit iliqlashgan sari tezlashmoqda. Atmosfera bo’yicha tadqiqotchi Jim Makveyd muz ustidagi yana bir holatni kuzatdi.

"Oppoq qor quyoshga aks beradi. Demak, qor tez erib ketmasligi kerak. Lekin qor qoraysa, kir bo’lsa, erish jarayoni tezlashib ketadi”, - deydi u.

Grenlandiyada shunga guvohmiz. Bu yerlar uzoq tuyulsa-da, qum, ishlab chiqarish qurumlari, o’rmon yong’inlaridan tutunlarning muzliklarga ta’siri bor. Makveyd qor qorayish jarayoni va mikroblar ta’sirini o’rganmoqda.

Uning aytishicha, mikroblar quyoshga qarshi o’ziga himoya qobig’i yaratadi va ular chang va qurum bilan qorishib, muz ustida shilliq tiqilmalar, qora dog’lar hosil qiladi.

"Muz qoraygan. Muz ustidagi shilliq tiqilmalar quyoshda isib qorni eritadi. Bir joy erisa, atrofdagi qorlarni ham eritadi. Shu bilan suv hosil bo’ladi", - deydi tadqiqotchi.

Suv mo’lligi mikroblar ko'payishi uchun sharoit yaraladi. Mikrob ko’payishi esa muzlarni eritadi. Olimlar bunday tabiiy sikl qanday oqibatlarga olib kelishini hozircha bilmaydi. Izlanyapmiz, deydi Ross Virjiniya.

"Atrof-muhit bu darajada tez o'zgaradi deb o'ylamagandik. Jismoniy o’zgarishlar biologik rivojlanishga, biologiya esa jismoniy o’zgarishlarga qanday ta'sir etishini endi-endi tushuna boshlayapmiz", - deydi u.

Tabiatdagi o’zgarishlar kundan kun jadallashib bormoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG