Breaking News

"Tahrir" maydonida namoyishlar davom etmoqda


Qohira, 23-noyabr, 2012
Qohira, 23-noyabr, 2012
Misrda siyosiy inqiroz davom etmoqda. Mamlakat Oliy sudi prezident Muhammad Mursiyning so’nggi qarorlarini qonunga xilof deb topgan.

"Amerika Ovozi" xabarlari, 24-noyabr, 2012
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:44 0:00
Yuklab oling

Gap bu yerda adliya mustaqil organ ekanida va hatto prezident ham uning ishiga bosh suqa olmaydi, deydi sudyalar.

Aleksandriyada katta namoyishlar kuzatilmoqda. Ularda ishtirok etayotganlar orasida adliya xodimlari ko’pchilikni tashkil etmoqda.

Qohiraning “Tahrir” maydonidan esa minglab odam arimaydi. U yerda hukumatga qarshilarni ham, prezident tarafdorlarini ham topasiz.

To’polonni tinchitish uchun ko’zni yoshlantiradigan gaz qo’llangan. Lekin olomon hech qayoqqa ketmoqchi emas, kechayu kunduz maydonda.

Kecha namoyishchilar prezidentning partiyasi, Musulmon Birodarlar tashkilotining idoralariga hujum qilgan. Nafaqat Qohira, balki Port Said, Ismoiliya va Aleksandriyadagi bo’limlar vayron qilingan.

Xalqni ko’chaga olib chiqqan sabab shuki, payshanba kuni prezident Mursiy o’zini qonundan ustun deb e’lon qildi. Ya’ni, deydi u, prezidentning biror qarori biror organ, jumladan adliya va sudlar tomonidan, savolga tutilmaydi.

“Bu bilan mutlaq hokimiyat talab qilayotganim yo’q”,- deydi Mursiy.

“Misr barqaror va tinch jamiyat bo’lishi uchun uning rahbari shunday vakolatga ega bo’lmog’i lozim”,- deydi Mursiy.

Prezident farmonining yana bir jihati shuki, sud parlamentni tarqata olmaydi. Hozir u yerda yangi qomus ustida ish ketmoqda. Qonunchilarning aksariyati – Musulmon Birodarlardan yoki ularning ittifoqchilari.

Misrning yaqin hamkori va milliardlab dollar yordam uzatib kelayotgan Amerika hukumati Qohiradagi vaziyatdan, ayniqsa prezident farmonidan xavotirda ekanini bildirmoqda.

Vashington Misrda demokratiya tarafdori, deydi diplomatlar, xalq saylaydigan, xalq vakillari boshqaradigan va xalqqa javob beradigan tuzum.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG