Qirg’iziston ziyolilari: Quddus ziddiyatlar o’chog’iga aylanmasin


Quddus shahri

AQSh Prezidenti Donald Trampning Quddus shahrini Isroil davlatining poytaxti sifatida tan olishi Markaziy Osiyo ziyolilari orasida munozaralarga sabab bo’lmoqda.

Tramp bu bilan saylov kampaniyasi paytida bergan va'dasini bajardi. Falastin rasmiylari Quddusning Isroil poytaxtiga aylanishi urushga olib
kelishini aytmoqda.

​Markaziy Osiyoda taniqli dinshunos va sharqshunos, O’sh shahridari Xalqaro Islom hamkorligi deb nomlangan nodavlat tashkilot rahbari Sodiqjon Kamolov Yaqin Sharq masalalari bo’yicha yetakchi mutaxassis hisoblanadi. Uningcha, uch samoviy dinning muqaddas maskanlari joylashgan ulug’ shaharni qay bir davlat poytaxti deb e’lon qilishning o’zi noo’rin.

“Bu Isroil hukumatining Yaqin Sharqda olib borayotgan siyosatining bir bo’lagi bo’lib, mazkur noto’g’ri siyosatni AQSh ma’muriyati qo’llab-quvvatlashi mintaqadagi keskinlikning rivojlanishi hamda har xil ekstremistik va terroristik harakatlarning kuchayishiga yetaklaydi. Fitna qo’zg’ash katta gunoh. Markaziy Osiyo musulmonlari Amerika Qo’shma Shtatlari siyosatining bu yo’nalishini qoralaydi”, - deydi ulamo.

Suhbatdosh fikricha, Prezident Donald Tramp Amerikada katta ta’sirga ega sionistlarning nog’orasiga o’ynamoqda. Bu kuchlar boy zaxiralarga ega bo’lmish mintaqani nazorat ostida, tobelikda ushlab turish hamda qurol savdosini kuchaytirishdan manfaatdor.

Tramp tashabbusiga nisbatan xalqaro hamjamiyatning munosabatiga kelsak, Turkiya, Eron, Misr kabi musulmon mamlakatlarining rahbarlari yoda Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya rasmiylaridan farqli o’laroq, Markaziy Osiyo hukumatlari hozircha aniq-ravshan chiqish qilmayotir.

“Dunyoning ko’plab o’lkalarida AQSh va Rossiya kabi buyuk davlatlarga ehtiyotroq muomala qilish qolip qabi shakllangan”, - deya izohlaydi shayx Sodiqjon Kamolov.

Uning ta’kidlashicha, Yaqin Sharqdagi tortishuv va janjallarga, xususan, Isroil hamda Falastin bahs-mojarolariga faqat adolat o’rnatish yo’li bilan, adolatli chora-tadbirlar orqali chek qo’yish mumkin.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG