Breaking News

Gulnora Karimovaning muzlatilgan mablag’lari bo’yicha sud ishida siljish


Millionlab dollar Gulnoraga qaytarilishi rostmi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:05 0:00

Gulnora Karimova Shveysariyada o’tgan shikoyat mahkamasida yutib chiqqani, muzlatilgan 350 million dollar mablag’ni qaytarib olishi mumkinligi haqidagi xabarlar shu kunlarda keng tarqaldi.

Xalqaro va O’zbekiston matbuotida bosilgan bu xabarlarga tayanilsa, Shveysariya banklarida muzlatilgan bu mablag’ hibsdan chiqarilgan. Har holda, Gulnora Karimovada bu pulni qaytarib olish imkoniyati paydo bo’lgan.

Karimovaning advokati Greguar Manja sud qarorini muhim g’alaba sifatida taqdim etmoqda.

Boyligi bir necha milliard dollar baholanayotgan, ayni paytda uyushgan jinoiy guruhga yetakchilik qilishda ayblanib qamoq jazosini o’tayotgan Gulnora Karimovaning mablag’lariga asosiy da’vogar O’zbekiston hukumatidir.

Bosh prokuratura bir necha yildirki bu pullarni O’zbekistonga qaytarish harakatida. Hukumat dunyoning qator davlatlari, jumladan, Shveysariya bilan bu borada hamkorlik mavjudligi, millionlab dollarni mamlakatga qaytarish bo’yicha mahkamalar davom etayotganini bildirgan.

Gulnora Karimova ishiga doir navbatdagi yangilik – uning mahkamadagi g’alabasi qanchalik haqiqatga yaqin?

Shunday bo’lgan taqdirda, uning boyliklariga asosiy da’vogar bo’lib turgan O’zbekiston hukumati rejalari nima bo’ladi?

Bu g’alaba qamoqda qolayotgan Gulnoraning o’ziga qanday ta’sir ko’rsatishi mumkin?

Gulnora Karimova bilan bog’liq jarayon yuzasidan surishtiruv o’tkazgan, uning mahkamasini yaqindan kuzatib kelayotgan faol, Shveysariyada yashayotgan yozuvchi Safar Bekjon bilan suhbatlashdik.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG