Breaking News

Falastin: Quddus Isroil poytaxti deb tan olinsa, urush boshlanadi


Quddus

Yaqin Sharq bo'ylab shov-shuv shuki, AQSh Quddusni Isroil poytaxti deb tan oladi va elchixonasini bu shaharga ko'chiradi. Oq uy bu borada Falastin rahbariyatiga xabar bergan.

Arablar Trampga: Quddus deb olov bilan o'ynashmang
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:40 0:00

Arab davlatlari Prezident Donald Trampni Quddusni bu tarzda ko'rmaslikka chaqirmoqda. Aks holda, deydi qator mamlakatlarning rasmiylari, Isroil va Falastin nizosi yanada keskinlashib, tinchlik muzokaralari olib borish va barqarorlikka erishish ushalmas orzu bo'lib qolaveradi. Saudiya Arabistoni, Misr, qolaversa, Yaqin Sharqdagi rolini oshirayotgan Turkiya Oq uyni uzoqni ko'zlab ish tutishga undamoqda.

Falastin rasmiysi Nabil Shaat fikricha, AQSh vositachi bo'lib qolishni istasa, betaraf turishi kerak. Afsuski, bunday emas va Tramp mavjud muammolarni yanada o't oldiradi, deydi u.

Quddus yahudiy davlat poytaxti deb e'lon qilinsa, urush boshlanadi, deydi arab yetakchi.

Falastin rahbariyati zo'ravonliklarning oldini ololmaydi, deydi Nabil Shaat. Quddus - musulmonlar uchun muqaddas maskanlar joylashgan yer. Yahudiylar ham uni o'z muqaddas yeri deb biladi.

Quddus meri Nir Barkatga ko'ra esa, Amerika qarori anchadan beri kutilmoqda. Poytaxt deb tanlash to'g'ri ish bo'ladi, deydi yahudiy rasmiy.

“AQSh Isroil xalqi tarafida ekanligini shu tarzda bayon etsa, tarixiy qadam bu", - deydi Barkat.

Quddus ustidagi tortishuv - Isroil-Falastin mojarosi yuragidagi mavzu. Tramp prezidentlik uchun kurashda ulkan va'dalar bergan.

“Amerika elchixonasini yahudiy xalqi poytaxti Quddusga ko'chiramiz", - degan edi u.

Tramp elchixonani darhol ko'chirmasligi mumkin, lekin Quddusni poytaxt deya tan olishining o'zi va'dasini bajargani bo'ladi. Mintaqada esa beqarorlik avj olishi mumkin. Oq uy buni biladi. Falastin unga murojaat qilib, olov bilan o'ynashmang, deya iltijo qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG