Breaking News

Tramp Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan oladimi?


AQShning Tel-Avivdagi elchixonasi

AQSh Prezidenti Donald Tramp saylov kampaniyasi paytida Quddus shahrini Isroilning poytaxti sifatida tan olishga va’da bergan edi. So’nggi kunlarda mavzu keng muhokama qilinmoqda. Shunday bo’lgan taqdirda AQShning Tel-Avivdagi elchixonasi Quddusga ko’chadi.

Xalqaro hayot - 4-dekabr, 2017-yil - Tramp Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan oladimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:30 0:00

Prezidentning kuyovi va katta maslahatchisi Jared Kushnerning aytishicha, Tramp o’z qarorini shu hafta e’lon qilishi mumkin.

Kushner Vashingtondagi nufuzli tahlil markazi - Brukings institutida so’zladi. Unga ko’ra, prezident buning uchun qulay vaqtni kutmoqda.

“Hozir u turli faktlarni o’rganmoqda. Yakuniy qarorga kelganda o’zi birinchi bo’lib ma’lum qiladi”, - deydi Trampning kuyovi.

1995-yilda qabul qilingan qonunga ko’ra, AQShning Tel-Avivdagi elchixonasi Quddusga ko’chirilishi kerak, biroq qonun, shuningdek, prezidentga qaror ijrosini har olti oyda qoldirish vakolatini beradi. Tramp qanday qarorga kelishidan qat’i nazar, kimnidir norozi qiladi – Isroilni yoki Falastinni. Isroil rasmiylari Trampning qarori yahudiy davlati foydasiga bo’lishiga umid qilmoqda.

“AQSh prezidenti mintaqamiz ehtiyojlarini tushunadi deb o’ylayman. Quddusning Isroil davlatining abadiy birlashgan poytaxti maqomini tasdiqlab, siyosatini bildirmoqchi. Axir u shunday qilishini e’lon qilgan edi”, - deydi Isroil Aloqa vaziri Ayub Qora.

Biroq falastinliklar Sharqiy Quddusni bo’lajak davlatining poytaxti sifatida ko’radi va Tramp rejasiga qarshi. Muxtoriyat Prezidenti Mahmud Abbos Quddusning Isroil poytaxti etib tan olinishini Falastin, arablar va boshqalar qabul qilmasligini aytgan.

Buning oqibatlari yaxshi bo’lmaydi, deydi baytlahmlik bir arab.

“Bu Isroil-Falastin mojarosi negizidagi eng muhim mavzulardan biri. Agar Amerika Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olsa, demak, ular Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu boshliq o’ng qanot kuchlarga yon bosgan bo’ladi”, - deydi Akram Attallah.

O’tgan hafta falastinlik bir odam isroillik askarni pichoqlaganidan so’ng hamda G’arbiy Sohilga ko’chgan bir yahudiy mahalliy arabni otib o’ldirganidan so’ng mintaqada qisqa vaqt hukm surgan nisbiy tinchlik buzildi. Biroq Kushner Tramp ma’muriyatining Yaqin Sharq tinchlik jarayonini amalga oshirishda yutuqqa erishishiga ishonadi.

“Prezident ilojsiz muammolarni hal qilish tajribasiga ega. Masalan, saylovlarni olaylik. Saylov bo’yicha ko’p mutaxassislar uni g’alaba qozona olmaydi deb o’ylagan edilar, ammo prezident juda ham noan’anaviy yo’l tutib, oxir-oqibatda g’alabaga erishdi”, - deydi Jared Kushner.

Trampning yahudiy millatiga mansub kuyovi Oq uyda Yaqin Sharq tinchlik jarayoni bilan shug’ullanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG