AQSh elchixonasi hozircha Tel-Avivda qoladi

  • Amerika Ovozi

Tel-Aviv, Isroil.

O'tgan yili shu paytda, prezidentlik uchun kurash qizib borayotgan bir davrda, Amerikaning Isroildagi elchixonasi albatta Quddusda bo'ladi deya bong urgan Donald Tramp bugun prezident sifatida boshqacha fikrda.

Yonma-yon tinchlikda yashay oladigan ikki davlat vujudga kelmaguncha poytaxtlarni o'zgartirish aqldan emas, deya bildirmoqda Oq uy. Bu degani Isroil hukumati asosan Tel-Avivda qolaverishi kerak va Quddus butkul yahudiy yoki kelajakda shunday bo'ladi, deya da'vo qilmasligi lozim.

Aksariyat chet davlatlarning vakolatlari shundoq ham Tel-Avivda. Prezident Tramp nazarida hozir e'tiborni muzokara stoliga o'tirib, murosa yo'lini izlashga qaratmoq zarur.

Oq uy Isroil poytaxti bir kun kelib Quddusda bo'lishi mumkinligiga shubha qilmaydi, deydi rasmiylar, lekin shoshmasdan qadam tashlash lozim. Falastin xalqi ham o'z mustaqil davlatiga va poytaxtiga ega bo'lishi darkor.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu AQSh hukumatidan kelayotgan bayonotlarni ijobiy baholamasa-da, Quddus yahudiy davlat kelajagining ajralmas qismi, deya eslatmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG