Breaking News

AQSh Prezidenti Donald Tramp Rossiyaning Amerika saylovlariga aralashgani haqidagi da’volarni taftish qilayotgan maxsus prokuror Robert Myullerni xalq nazaridan tushirishga qaratilgan yangi kampaniya boshladi.

Xalqaro hayot - 1-iyun, 2018-yil - Tramp maxsus prokurorga hujum qilmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:21 0:00

Rossiyaning saylov natijalariga ta’siri ehtimolini tergov qilishdan tashqari Myuller Tramp saylov shtabining Rossiya bilan til biriktirgani, prezidentning tergov ishlariga to’siq qo’yayotgani haqidagi da’volarni ham ko’rib chiqmoqda.

Tramp nazarida, Federal qidiruv byurosi saylov kampaniyasi paytida uning shtabiga ayg’oqchi qo’yib, ichki jarayonlarni xufyona kuzatgan. Myuller davlat rahbarining bu da’volariga hozircha javob bermadi.

Prezident Tramp bir yildan beri davom etayotgan tergovni tanqid qilib keladi. Unga ko’ra, uning saylovda mag’lub bo’lgan raqiblari shu tariqa alamini olmoqchi.

FBRni saylov paytida ayg’oqchilikda ayblayotgan Trampning da’vo qillishicha, byuro sobiq direktori Myuller noyabrda bo’ladigan Kongress saylovlariga aralashmoqchi.

“Saylov shtabimizga o’z odamlarini qo’yishganiga nima deysiz”, - dedi Tramp.

Uning yuristlariga ko’ra, FBR o’sha payt demokrat-prezident qo’l ostida ishlagan.

“Boshqa partiyadan nomzod ketidan josuslik qilish hukumatga yarashmaydi. Shu sabab hozirgi tergov soxtadir”, - deydi Trampga yuridik maslahat berayotgan Nyu-York shahar sobiq meri Rudi Juliani.

Biroq har ikki partiyaning Kongressdagi vakillari FBRni himoya qilib, byuro Rossiya va Tramp saylov shtabidagi ayrim shaxslar o’rtasidagi aloqalarni tergov qilishda qonundan chetga chiqmaganini aytadi.

“Josuslik haqidagi da’voga isbot yo’q. Prezident shu propagandaga yopishib olib, uni hadeb takrorlamoqda”, - deydi demokrat kongressmen Adam Shiff.

Robert Myuller sukut saqlashni lozim topdi.

“Maxsus prokuror turli shovqinlarga e’tibor bermay, o’z ishini qilishi kerak”, - deydi Mayami universitetidan Deyvid Abraxam.

Unga ko’ra, Tramp advokatlari omma e’tiborini asosiy mavzudan chalg’itishga harakat qilmoqda.

“Sobiq mer Juliani yetakchiligidagi guruh atrofga mujmal va chalkash ma’lumotlarni sochib, amerikaliklarning tergovga befarqligini kuchaytirmoqchi, toki ular Rossiyaning saylovlarga aralashganiga doir haqiqatdan shubhalana boshlasin”, - deydi Abraxam.

Myuller tergovni iyul yoki avgust oyida, noyabr saylovlaridan oldin yakunlashi kutilmoqda. Rasmiylar Rossiya Kongress saylovlariga ham aralashishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG