Breaking News

Falastin ahli Prezident Abbosdan norozi


Mahmud Abbos

Falastinda o’tkazilgan so’nggi ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, muxtoriyat aholisining 80 foizi Prezident Mahmud Abbos iste’fosi tarafdori. Isroil falastinliklar turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan choralar e’lon qilib, Abbos Isroil Mudofaa vaziri Benni Gans bilan uchrashgani ham uning reytingini yaxshilamadi.

Xalqaro hayot – 12-yanvar, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:14 0:00

“Xoh isroilliklar bilan aloqalar bo’lsin, xoh istiloning tugatilishi yoki yumshatilishi, xoh Falastinning o’zida G’arbiy Sohil va G’azoning, FATX va XAMASning yarashishi yoki saylovlar o’tkazilishi yohud iqtisodiy ahvol yaxshilanishi kabi islohotlar bo’lsin - falastinliklar sharoit ma’noli tomonga o’zgarishiga ishonmaydi. Ularning xayolida vaziyat yaxshilanmaydi, aksincha yomonlashib boradi”, - deydi Falastin siyosat va tadqiqot markazidan Xalil Shikaki.

O’tgan yili falastinliklar korrupsiya va Abbos ma’muriyatining nodemokratik harakatlariga qarshi namoyish qildi. Xalq qonunchilik kengashining yopilishidan, so’nggi 15 yildagi barcha saylovlarning bekor qilinishidan norozi.

"Odamlar nazarida, Abbosning boshqaruv uslubi yil sayin avtokratlashib bormoqda, adliya mustaqil emas, erkin matbuot yo’q, fuqarolik jamiyati cheklangan. Bularning barchasi Abbos hokimiyatda qolishi uchun qilinayotganini aytishadi”, - deydi tahlilchi.

Ko’plar fikricha, Abbos Isroil bilan til biriktirgan.

"Mahmud Abbos prezidentligi davrida Isroil bilan siyosiy aloqa va muzokaralar butunlay to’xtagan. Hozir Falastin muxtoriyati Isroil davlatiga shunchaki xavfsizlik bobida xizmatlar ko’rsatyapti, xolos. Bu Isroil uchun qisqa muddatda yaxshi bo’lishi mumkin, biroq Falastin Muxtoriyatiga va xalqning muxtoriyatga ishonchiga putur yetkazmoqda. Bunday sharoitda muxtoriyat xalqni nazorat qila olmaydi”, - deydi FATX partiyasining demokratik islohot fraksiyasidan Dimitri Diliani.

Abbos Isroil uchun G’arbiy Sohilda barqarorlashtruvchi kuchdir. Uning xavfsizlik kuchlari falastinliklarning Isroilga qarshi ko’plab hujumlarini bartaraf etdi. Abbos hokimiyati zaiflashsa, boshqaruv XAMASga o’tishi mumkin, biroq Isroil harakatni terrorchi tashkilot deb biladi.

“Falastin Muxtoriyati bilan fikrimiz har narsada bir xil bo’lishi shart emas. Isroil siyosati va Falastin siyosati o’rtasida katta farq borligini tan olamiz. Biroq so’nggi 10-15 yilda Falastin Muxtoriyatining XAMASga qarshi ko’p harakat qilayotganini ko’ryapmiz. Shuning uchun muxtoriyat bilan hamkorlikdamiz. Uning kuchliroq bo’lishi tarafdorimiz”, - deydi Isroil razvedkasining sobiq xodimi Gonen Ben Its’hak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG