Breaking News

Andijon voqealariga qayta baho berish payti keldimi?

Andijon, 13-may, 2005
1/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
2/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
3/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
4/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
5/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
6/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
7/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
8/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may 2005
9/95 Andijon, 13-may 2005
Andijon, 18-may, 2005
10/95 Andijon, 18-may, 2005
Andijon, 18-may, 2005
11/95 Andijon, 18-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
12/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
13/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
14/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
15/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
16/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 14-may, 2015
17/95 Andijon, 14-may, 2015
Andijon, 13-may, 2005
18/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
19/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
20/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
21/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
22/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 14-may 2005
23/95 Andijon, 14-may 2005
Andijon, 15-may, 2005
24/95 Andijon, 15-may, 2005
Andijon, 14-may, 2005
25/95 Andijon, 14-may, 2005
Qirg'izistonga qochganlar, 16-may, 2005
26/95 Qirg'izistonga qochganlar, 16-may, 2005
Andijon, 16-may, 2005
27/95 Andijon, 16-may, 2005
Qirg'izistonga qochganlar, 16-may, 2005
28/95 Qirg'izistonga qochganlar, 16-may, 2005
Andijon, 18-may, 2005
29/95 Andijon, 18-may, 2005
Andijon, 18-may, 2005
30/95 Andijon, 18-may, 2005
O'zbekistonning o'sha paytdagi Ichki ishlar vaziri Zokir Almatov, Andijon, 18-may 2005
31/95 O'zbekistonning o'sha paytdagi Ichki ishlar vaziri Zokir Almatov, Andijon, 18-may 2005
Andijon, 18-may, 2005
32/95 Andijon, 18-may, 2005
Andijon, 18-may, 2005
33/95 Andijon, 18-may, 2005
Andijon, 18-may, 2005
34/95 Andijon, 18-may, 2005
Andijon, 18-may, 2005
35/95 Andijon, 18-may, 2005
O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasi, 20-may, 2005
36/95 O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasi, 20-may, 2005
O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasi, 20-may, 2005
37/95 O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasi, 20-may, 2005
O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasi, 20-may 2005
38/95 O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasi, 20-may 2005
Qorasuv, 21-may, 2005
39/95 Qorasuv, 21-may, 2005
Andijon, 11-iyul, 2005
40/95 Andijon, 11-iyul, 2005
Bahodir Dehqonov, Andijon viloyati prokurori, chet el diplomatlariga nima bo'lganini tushuntirmoqda, 11-iyul, 2005
41/95 Bahodir Dehqonov, Andijon viloyati prokurori, chet el diplomatlariga nima bo'lganini tushuntirmoqda, 11-iyul, 2005
Andijon, 11-iyul, 2005
42/95 Andijon, 11-iyul, 2005
Qirg'izistondagi o'zbek qochqinlar
43/95 Qirg'izistondagi o'zbek qochqinlar
Andijon, 13-may, 2005
44/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
45/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
46/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
47/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
48/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
49/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
50/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
51/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
52/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 13-may, 2005
53/95 Andijon, 13-may, 2005
Andijon, 14-may, 2005
54/95 Andijon, 14-may, 2005
Qorasuvdagi buzuq ko'prikdan o'tishga urinayotgan andijonliklar
55/95 Qorasuvdagi buzuq ko'prikdan o'tishga urinayotgan andijonliklar
Andijon, 14-may, 2005
56/95 Andijon, 14-may, 2005
Andijon, 17-may, 2005
57/95 Andijon, 17-may, 2005
Islom Karimov, 17-may, 2005
58/95 Islom Karimov, 17-may, 2005
Andijon, 17-may, 2005
59/95 Andijon, 17-may, 2005
O'zbekiston Bosh prokurori Rashid Qodirov, 17-may, 2005. Qodirov o'shanda 169 kishi o'lgan va xunrezliklar ortida turganlar ichida 50 dan ortiq chet ellik jangari bo'lgan deb aytgan.
60/95 O'zbekiston Bosh prokurori Rashid Qodirov, 17-may, 2005. Qodirov o'shanda 169 kishi o'lgan va xunrezliklar ortida turganlar ichida 50 dan ortiq chet ellik jangari bo'lgan deb aytgan.
Andijondagi qabrlar
61/95 Andijondagi qabrlar
Andijon, 17-may, 2005
62/95 Andijon, 17-may, 2005
Andijon, 17-may, 2005
63/95 Andijon, 17-may, 2005
Andijon, 17-may, 2005
64/95 Andijon, 17-may, 2005
Andijonda qazilgan qabrlar, 17-may, 2005
65/95 Andijonda qazilgan qabrlar, 17-may, 2005
Andijon, 17-may, 2005
66/95 Andijon, 17-may, 2005
O'zbekiston Ichki ishlar vaziri Zokir Almatov chet ellik mehmonlar bilan, Andijon, 18-may, 2005
67/95 O'zbekiston Ichki ishlar vaziri Zokir Almatov chet ellik mehmonlar bilan, Andijon, 18-may, 2005
To'polonda yaralanganlar
68/95 To'polonda yaralanganlar
Andijon, 20-may, 2005
69/95 Andijon, 20-may, 2005
Andijon, 20-may, 2005
70/95 Andijon, 20-may, 2005
O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida yashagan andijonlik qochqinlar, iyul 2005
71/95 O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida yashagan andijonlik qochqinlar, iyul 2005
O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida yashagan andijonlik qochqinlar, iyul 2005
72/95 O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida yashagan andijonlik qochqinlar, iyul 2005
Andijon, 20-may, 2005
73/95 Andijon, 20-may, 2005
Qorasuv
74/95 Qorasuv
Fojia qurbonlari ko'milgan joylar
75/95 Fojia qurbonlari ko'milgan joylar
O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida 500 ga yaqin andijonlik qochqinlar yashagan, iyul 2005
76/95 O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida 500 ga yaqin andijonlik qochqinlar yashagan, iyul 2005
O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida chodirlarda yashagan andijonlik qochqinlar, iyul 2005
77/95 O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida chodirlarda yashagan andijonlik qochqinlar, iyul 2005
Andijon, fojia ketidan
78/95 Andijon, fojia ketidan
Andijon, 20-iyun 2005
79/95 Andijon, 20-iyun 2005
13-mayda o'lgan militsionerning oilasi
80/95 13-mayda o'lgan militsionerning oilasi
O'sh kasalxonasida o'zbek qochqini ko'rikdan o'tmoqda
81/95 O'sh kasalxonasida o'zbek qochqini ko'rikdan o'tmoqda
O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida yashagan andijonlik qochqinlar, iyul 2005
82/95 O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida yashagan andijonlik qochqinlar, iyul 2005
O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida yashagan andijonlik qochqinlar, iyul 2005
83/95 O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida yashagan andijonlik qochqinlar, iyul 2005
Toshkentda o'tgan sudlar, 20-sentabr 2005
84/95 Toshkentda o'tgan sudlar, 20-sentabr 2005
Toshkentda o'tgan sudlar, 21-sentabr 2005
85/95 Toshkentda o'tgan sudlar, 21-sentabr 2005
Toshkentda o'tgan sudlar, 21-sentabr 2005
86/95 Toshkentda o'tgan sudlar, 21-sentabr 2005
Toshkentda o'tgan sudlar, 27-sentabr 2005
87/95 Toshkentda o'tgan sudlar, 27-sentabr 2005
Toshkentda o'tgan sudlar, 26-oktabr 2005
88/95 Toshkentda o'tgan sudlar, 26-oktabr 2005
Toshkentda o'tgan sudlar, 25-oktabr 2005
89/95 Toshkentda o'tgan sudlar, 25-oktabr 2005
O'zbekiston bosh prokurori o'rinbosari Anvar Nabiyev Toshkentda o'tgan sud jarayonida gapirmoqda, 26-oktabr 2005
90/95 O'zbekiston bosh prokurori o'rinbosari Anvar Nabiyev Toshkentda o'tgan sud jarayonida gapirmoqda, 26-oktabr 2005
Toshkentda o'tgan sudlar, 14-noyabr, 2005
91/95 Toshkentda o'tgan sudlar, 14-noyabr, 2005
Toshkentda o'tgan sudlar, 14-noyabr, 2005
92/95 Toshkentda o'tgan sudlar, 14-noyabr, 2005
Toshkentda o'tgan sudlar, 14-noyabr, 2005
93/95 Toshkentda o'tgan sudlar, 14-noyabr, 2005
Karimovga qarshi namoyishlar, Moskva, 13-may, 2006
94/95 Karimovga qarshi namoyishlar, Moskva, 13-may, 2006
2005-yilning 13-mayida Andijon shahrida ro&#39;y bergan qonli voqealarni guvohlar va hukumat&nbsp; turlicha talqin qiladi. Prezident Islom Karimov va uning ma&#39;muriyati nazarida bu tashqi kuchlar tomonidan qo&#39;llab-quvvatlangan terror xuruji bo&#39;lgan.<br />
&nbsp;
95/95 2005-yilning 13-mayida Andijon shahrida ro'y bergan qonli voqealarni guvohlar va hukumat  turlicha talqin qiladi. Prezident Islom Karimov va uning ma'muriyati nazarida bu tashqi kuchlar tomonidan qo'llab-quvvatlangan terror xuruji bo'lgan.
 
Previous slide
Next slide

Huquq faollariga ko'ra, Andijon fojiasi yuzasidan xolis tergov o'tkazilmas ekan, O'zbekistonda adolat qaror topmaydi. 2005-yilning 12-13 may kunlari sodir bo'lgan qonli voqealardan 12 yil o'tib ham mustaqil tergov o'tkazilmagan.

O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev va yangi hukumat bu mavzuda jim. Rasman o'sha kuni qariyb 190 kishi, norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 700 nafarga yaqin odam o'lgan.

Andijon fojiasining 12 yilligi arafasida Toshkentga safar qilgan BMT Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn bu voqeani eslab o'tgan. Andijonni unutmaslikka chaqirgan BMT komissari Mirziyoyev bilan ham uchrashdi, ammo unda Andijon qanchalik tilga olingani noma'lum.

Sharhlovchi Namoz Normo'min tahlilicha, yangi hokimiyat bu borada yopiq qozon yopiqligicha qolsin, degan qarashda.

“Andijon fojiasi hukumat tomonidan unutilishga mahkum qilingan voqealardan. Xalqaro jamoatchilikning mustaqil tergov o'tkazishga urinishlari samarasiz ketdi, hukumat ruxsat bermadi. Mana 12 yil o'tdi, hukumat bu masalani hamon kun tartibiga keltirmaslikka urinadi va yangi islohotlar haqida gapiradi. Andijon katta fojia, mingga yaqin odam o'ldi, lekin bu yangi hokimiyatning kun tartibida emas, bu masalani ko'taradigan jamoatchilikning o'zi ham yo'q”, - deydi Normo'min.

Diniy faollardan biri Muhammadsolih Abutovga ko'ra, yaqin tarixdagi eng qonli kunlar sifatida iz qoldirgan bu mudhish voqealar yuzasidan adolatning qaror topishi islohotlar va'dasini berayotgan yangi hokimiyat uchun ham, yuzlab qurbonlar xotirasi, shuningdek, xolis xulosani kutayotgan xalqaro jamoatchilik uchun ham o'ta muhim.

“Andijon fojiasi, shubhasiz, o'zbek rejimining mustabid siyosati natijasi. Aynan shu fojealar O'zbekistonning xalqaro maydondagi o'rniga ham katta dog' tushirdi. Shu bilan birga, bu fojea huquq himoyachilari, jamoatchilikning O'zbekistonda adolat qaror topishiga ishonchini ham yo'qotdi. Odamlarning hafsalasi o'ldi, umidlari so'ldi. Fojea natijasida minglab qochqinlar yuzaga keldi. Mirziyoyevning hokimiyatga kelishi bugun ularga, o'zbek jamoatchiligi va muxolifatiga ham adolatni qaror toptirishga urinish uchun imkoniyat bermoqda”, - deydi Abutov.

Yangi hokimiyat BMT doirasida imzolangan hujjatlarga rioya eta boshlasagina Andijon masalasida adolat qaror topishiga umid qilish mumkin, deydi Normo'min.

“O'zbekiston BMTning inson huquqlari bo'yicha deklaratsiyasini, matbuot va siyosiy erkinliklarga doir boshqa qator hujjatlarni imzolagan, hukumat bularning amaliy ijrosini boshlashi kerak. Shunda bu kabi og'riqli masalalarni kun tartibiga keltirish, xalqqa to'g'ri shaklda yetkazish mumkin. Qisman yondashib bunday og'riqli muammolarni yechish qiyin, katta noroziliklarga sabab bo'lishi mumkin”, - deydi u.

Xo'sh, jamoatchilik bugun bu qonli o'tmishni qanchalik eslaydi yoki muhokama qiladi?

“Karimov hukumati Andijon voqealarining unutilishini istagan edi. Bugun rostdan shu narsa kuzatiladi - fojia xalq xotirasidan o'chib bormoqda. Ammo bugun yangi davr boshlandi. Qolaversa, BMT komissari Toshkentda turib Andijon haqida gapirdi va millat tarixidagi og'ir bu fojiani gapirmasligi ham mumkin emas edi. Ammo yangi hokimiyat ham shunga tayyormi? Avvalgi hukumat faqat bir tomonlama jazoladi, terrorchilar dedi, qanchasini qamadi, qanchasi qochishga majbur bo'ldi. Yangi hokimiyat bu voqealarni qayta xolis baholay oladimi? Nazarimda, Mirziyoyev bunga tayyor emas, Inoyatov hamon iqtidorda, Almatov qaytmoqda”, - deydi Abutov.

O'zbekiston hukumati Andijon voqealarini xorijdagi ekstremistik guruhlar bilan til biriktirgan “Akromiylar” guruhi sodir etgan deb hisoblaydi. Guruh a'zolari 12-may kuni tunda Andijondagi qamoqxonaga va harbiy bazaga bostirib kirgan. 13-may kuni esa Andijonda o'tgan norozilik namoyishida minglab kishi qatnashgan. Hukumat bu namoyishni ayovsiz ravishda bostirgan, tinch aholi o'qqa tutilgan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

This item is part of
XS
SM
MD
LG