Rohinja musulmonlariga insonparvarlik yordami yetkazilmoqda

  • Amerika Ovozi

BMTga ko’ra, Myanma hukumati ikki oylik taqiqdan so’ng Rakxayn shtatiga oziq-ovqat kiritilishiga rozilik bildirdi. Bu kelishuv BMTning Bolalar jamg’armasi Myanmadan qochib Bangladeshga kirolmay ocharchilikdan kasallanayotgan bolalar yuzasidan bergan hisoboti ortidan e'lon qilindi.

Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) Myanma hukumati 2017-yil avgust oxirida rohinja musulmonlarini nishonga olgandan so’ng ta’minotni to’xtatib qo’ygan edi.

Yordam to’xtatilishidan oldin bu dastur orqali 110 ming odam oziq-ovqat bilan ta’minlangan. Bora-bora, nafaqat shimoliy Rakxayn va rohinja aholisi, shuningdek, markaziy Rakxayndagilar ham hisobga olinib, 140 ming odamga oziq-ovqat yetkazib berilgan edi.

Jahon oziq-ovqat dasturi vakillariga noqulay ob-havo tufayli yaroqsiz holga kelgan yo’llardan o’tib yordam ko’rsatish oson bo’lmayapti.

Tashkilot a’zolari Myanma rahbariyati bilan masala yuzasidan ish olib bormoqda. Ular olis qishloq aholisiga ham yordam yetkazish payida.

Xalqaro Migratisiya tashkiloti vakili Joyel Millmanning aytishicha, to’xtovsiz yomg’irlar katta muammolar keltirib chiqaryapti. Hududda yo’l va kanalizatsiya infrastrukturasi og'ir ahvolda.

“Masalan, 741 ming litr ichimlik suvini yuk mashinalarida tashiymiz. Qir-adirlardan o’tishga to’gri keladi, yo’llar sirpanchiq. O’tolmasak qariyalar, bolalar suvsiz qolishi mumkin”, - deydi u.

Millmanning aytishicha, qochoqlarda yashash uchun boshpana tugul, hatto yomg’irdan pana qilish uchun yopinchiqlari ham yoq.

“Qochqinlar tibbiy yordamga o’ta muhtoj. Ayniqsa, Bangladeshgacha uzoq yo’l bosib piyoda kelganlar yo’lda jismonan zo’riqqan, zo’rlangan. Kelib ham bu yerda sharoit yo’q, 800 ming odam poda kabi tiqilib qolgan”, - deydi Millman.

Migratsiya xalqaro tashkiloti Bangladeshdagi Kutapalong qochoqlar lagerida 53 ming odamga xizmat ko’rsatadigan tayanch salomatlik punkti yaratgan. Unda tug’ruq va reabilitatsiya bo’limlari qochoqlarga yordam ko’rsatmoqda.

Tashkilot taxminiga ko’ra, 2017-yil sentabr-oktabr oylarining o’zida 600 mingdan ortiq rohinja qochqinlari Bangladeshning Koks bozor shahriga qochib o’tgan. Avvalroq kelganlar bilan endi Bangladeshdagi Myanma qochqinlari soni bir millionga yaqinlashdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG