Breaking News

Saudiya Arabistoni Yamanda bir tomonlama sulh e'lon qildi


Hutiy isyonchi

Saudiya Arabistoni muzokara boshlash va koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Yamanda hutiylarga qarshi harbiy harakatlarni bir tomonlama to’xtatishga qaror qildi.

Poytaxt Sanoni nazorat qilayotgan isyonchilar esa sakkiz sahifalik tinchlik rejasini oshkor qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti kelasi hafta tinchlik muzokaralari boshlanishiga umid qilmoqda.

Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi arab koalitsiyasi 2015-yildan beri Yamanda hutiylarni nishonga oladi, Yamanni qamalga olgan.

Yamanda ilk koronavirus holati qayd etilishi ketidan qashshoqlik hukm surayotgan, sog’liqni saqlash tizimi barbod bo’lgan bu mamlakatda kasallik tez tarqalib ketishi yuzasidan xavotirlar bor.

Hutiylar hozircha Saudiya Arabistonining bir tomonlama sulh qaroriga javob bermagan, ammo qamal bekor qilinmasa, sulhdan foyda yo’q degan fikrlar yangramoqda.

Hutiylar taklif etayotgan tinchlik rejasida qamalni bekor qilish, Yaman aeroportlarini qayta ochish, mamlakatni qayta qurish uchun Saudiya Arabistonidan moliyaviy yordam olish, qo’shni qirollik bilan bevosita muzokara qilish bitilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG