Breaking News

Tramp: Meksika bilan chegarada devor qurishga 18 milliard dollar kerak


AQSh-Meksika chegarasida

Kelasi 10 yil ichida Meksika bilan chegara mustahkamlanishi uchun yangi devor juda zarur va buning uchun 18 milliard dollar kerak, deya bildirmoqda Oq uy.

505 kilometrli masofani qoplash haqida gap ketmoqda. Eski devorlar yangilanishi kerak.

Donald Tramp prezidentlik uchun kurashayotganida bunga va'da bergan. Lekin hozirgacha bu mablag' qayerdan kelishi mumkinligini tushuntirmaydi.

Bu yil uchun kamida 1,6 milliard dollar kerak, Texas va Kaliforniya shtatlaridagi chegara hududlari himoyasi uchun. Kelasi yil uchun ham shuncha mablag' talab qilinishi kutilmoqda.

10 yillik reja juda xom, deydi loyiha bilan tanish mutaxassislar. Kongressda ham norozilik kuchli. Oq uyga ko'ra esa, Tramp bu borada har taraf bilan muzokaraga shay.

Saylov kampaniyasi paytida Tramp devor uchun Meksika to'laydi, der edi. Meksika uni masxara qilib, "hech qachon" deya javob qilgan.

Boj va chegara agentligi kelasi 10 yilda 33 milliard dollar zarur deb turibdi. 18 milliardi yangi devor uchun. Qariyb 6 milliardi texnologiya, bir milliardi yangi yo'llar, 8,5 milliardi 5000 yangi xodim uchun va 2500 yangi inspektor yollash uchun.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG